Sut allergiyasi – bu sigir sutidagi bir yoki bir nechta oqsillarga salbiy immunitet reaksiyasi. Kasallik asoratlari koʻrinishi uchun soatlar yoki kunlar davom etishi mumkin, shu jumladan Atopik dermatit, qiziloʻngach yaligʻlanishi, enteropatiya va proktokolit. Hayotga tahdid solish mumkin boʻlgan holatlarda, tezkor anafilaksiya, shuningdek, epinefrin bilan davolash talab qilinadi.

Qoʻshma Shtatlarda oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan allergik reaksiyalarning 90 foizi sakkizta mahsulotdan kelib chiqadi va bu roʻyxatda sigir suti ham kiritilgan. Koʻpchilik odamlar oziq-ovqat allergiyalariga kichik miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari sabab boʻlganligini tan olish ushbu umumiy allergenlarni, shu jumladan sut mahsulotlarini oziq-ovqat qadoqlarida qayd etish talablariga olib keldi. Immun tizimining vazifalaridan biri begona oqsillarni tanib, infeksiyalardan himoya qilishdir, ammo u oziq-ovqat oqsillariga haddan tashqari taʼsir qilmasligi kerak. Sut oqsillarini isitish ularning denaturatsiyasiga olib kelishi mumkin, ularning uch oʻlchovli konfiguratsiyasi va allergenlikligini yoʻqotishi mumkin, shuning uchun sut mahsulotlarini oʻz ichiga olgan pishirilgan mahsulotlar kasalikka sabab boʻlmasligi mumkin, lekin yangi sut esa allergik reaksiyaga sabab boʻladi.

Ushbu kasalik vaqtida sut mahsulotlari yoki sut tarkibiy qismlarini oʻz ichiga olgan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilmaslik orqali davolaniladi. Tez reaksiyalarga duchor boʻlgan odamlar uchun ( IgE – yordamidagi sut allergiyasi) allergik reaksiyani qoʻzgʻatishi mumkin boʻlgan doza bir necha milligrammgacha boʻlishi mumkin, shuning uchun bunday odamlar sut mahsulotlaridan qatʼiyan voz kechishlari kerak. Oziq-ovqatlarda sut yoki sut mahsulotlarining tarkibiy miqdori toʻgʻrisidagi deklaratsiya Braziliyadan tashqari hech bir mamlakatda majburiy emas.

Sut allergiyasi chaqaloqlar va yosh bolalarning 2% dan 3% gacha taʼsir qiladi. Ushbu kasallikka chalinish xavfini kamaytirish uchun chaqaloqlar sigir sutini kamida toʻrt oy davomidan ichmaslik, eng yaxshisi esa olti oy davomida faqat ona suti bilan oziqlanish tavsiya etiladi. Agar oilada sut allergiyasi boʻlsa, unda soya asosidagi chaqaloq formulasini koʻrib chiqish mumkin, ammo sigir sutiga allergiyasi boʻlgan chaqaloqlarning taxminan 10-15 foizi soyaga ham tana reaksiyaga kirishadi. Bolalarning aksariyati sut allergiyalarini yengadi, ammo taxminan 0,4% gacha bu holat katta yoshga qadar davom etadi. Oral immunoterapiya boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda, ammo uning foydasi aniq emas. .

Kasallik belgilari Tez va kechiktirilgan alomatlari Oziq-ovqat allergiyalari, taʼsir qilish mexanizmlariga qarab, tez boshlanadigan (bir necha daqiqadan bir yoki ikki soatgacha boʻlgan) alomatlar bilan, kechiktirilgan (48 soatgacha) yoki ikkalasining kombinatsiyasi sifatida tasniflanishi mumkin. Bir-biridan farqi ishtirok etgan leykotsitlar turlariga bogʻliq. Oq qon hujayralarining bir qismi boʻlgan limfotsitlar, begona oqsillar bilan bogʻlaydigan antikorlar sinfi boʻlib, Immunoglobulin E (IgE) tezda sintezlanadi va ajralib chiqadi. IgE reaktsiyalaridan farqli oʻlaroq, qonda aylanib yuradigan oʻziga xos biomarker molekulalari mavjud emas va allergiya borligini aniqlash qiyin, shuning uchun ham sut mahsulotlarini dietadan chiqarib tashlash va natijada semptomlar yoʻqolishini aniqlash orqali bilish mumkin.

Kasallik alomatlari

IgE bilan bogʻliq simptomlarga quyidagilar kiradi: toshma, ogʻiz, lablar, til, tomoq, ko'zlar, teri yoki boshqa joylarda qichishish, lablar, til, koʻz qovoqlari yoki butun yuzning shishishi, yutishda qiyinchilik, burun oqishi yoki tiqilishi, hirqiroq ovoz, xirillash, nafas qisishi, diareya, qorin ogʻrigʻi, bosh aylanishi, hushidan ketish, koʻngil aynishi va qayt qilish. Allergiya belgilari odamdan odamga farq qiladi. Nafas olish yoʻllari yoki qon aylanishi buzilganda jiddiy allergik xavf boshlanishi mumkin. Birinchisini xirillash, nafas yoʻllarining tiqilib qolishi va siyanoz, ikkinchisini zaif puls, terining oqarib ketishi va hushidan ketish bilan koʻrsatish mumkin. Ushbu alomatlar paydo boʻlganda, allergik reaksiya anafilaksiya deb ataladi, bu IgE antikorlari ishtirok etganda va tananing oziq-ovqat bilan bevosita aloqada boʻlmagan joylari taʼsirlanib, ogʻir simptomlarni koʻrsatganda paydo boʻladi. Davolanmasa, bu vazodilatatsiyaga, anafilaktik shok deb ataladigan past qon bosimi holatiga va juda kamdan-kam hollarda oʻlimga olib kelishi mumkin.

lgE vositasida boʻlmagan alomatlari Sut allergiyasi uchun IgE vositachiligida boʻlmagan alomatlar IgE vositachiligiga qaraganda tez-tez uchraydi. Angionevrotik shish yoki atopik dermatit kasalliklari kabi baʼzi alomatlarning mavjudligi koʻproq IgE vositachiligidagi allergiya bilan bogʻliq boʻlsa, IgE vositachiligida boʻlmagan reaksiyalar teri yoki nafas olish belgilarisiz oshqozon-ichak simptomlari sifatida namoyon boʻladi. IgE vositachiligi boʻlmagan sigir suti allergiyasi doirasida Oziq-ovqat oqsillari bilan bogʻliq enterokolit sindromi (FPIES), oziq-ovqat oqsillari bilan bogʻliq allergik proktokolit (FPIAP) va oziq-ovqat oqsillari bilan bogʻliq enteropatiya (FPE) oʻrtasida farqlanadi. Hamma uchun umumiy qoʻzgʻatuvchi ovqatlar – sigir suti va soya ovqatlari (shu jumladan soya chaqaloq formulasi). Suvli va baʼzan qonli diareya ovqatdan keyin besh-oʻn soat oʻtgach, suvsizlanish va past qon bosimi darajasiga qadar rivojlanishi mumkin. Sigir sutiga reaksiyaga kirgan chaqaloqlar soya formulasiga ham, soya formulasiga reaksiyaga kirganlar esa sigir sutiga reaksiyaga kirishishi mumkin. FPIES diagnostikasi va davolash uchun xalqaro konsensus koʻrsatmalarini oʻrnatdi.

Mexanizmlari Allergiya reaksiyasining mexanizmiga koʻra, oziq-ovqat allergiyasidan kelib chiqadigan holatlar uch guruhga boʻlinadi: IgE vositachiligida (klassik) – eng keng tarqalgan turi, ovqatdan keyin qisqa vaqt ichida paydo boʻladigan va anafilaksiya shokgacha oʻtishi mumkin boʻlgan oʻtkir oʻzgarishlar sifatida namoyon boʻladi. Non-IgE vositachiligida – IgE ishtirok etmagan immun javob bilan tavsiflanadi; ovqatdan keyin bir necha soatdan bir necha kun oʻtgach paydo boʻlishi mumkin, bu tashxisni murakkablashtiradi. IgE va IgE vositachiligida boʻlmagan – yuqoridagi ikki turdagi gibrid.

Allergik reaksiyalar immunitet tizimining odatda zararsiz moddalarga, masalan, oziq-ovqat tarkibidagi oqsillarga giperaktiv javobidir. Baʼzi oqsillar allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi, boshqalari esa bundan mustasno. Bir nazariyaga koʻra, ovqat hazm qilishga qarshilik koʻpincha buzilmagan oqsillar ingichka ichakka yetib kelganida va immun reaksiyalarida ishtirok etadigan oq qon hujayralari faollashganda paydo boʻladiFood Reactions. Allergies . Foodreactions.org. Kent, England. 2005. Accessed 27 Apr 2010.. Pishirishda harorat issiqligi oqsil molekulalarini tizimli ravishda buzadi va ularni kamroq allergen qiladiMayo Clinic. Causes of Food Allergies. April 2010.. Allergik reaksiyalarni ikki bosqichga boʻlish mumkin: allergen bilan aloqa qilgandan soʻng darhol paydo boʻladigan, ammo susayishi mumkin boʻlgan oʻtkir reaktsiya va kech fazali reaktsiya belgilarini uzaytiradi va natijada toʻqimalarning koʻproq zararlanishiga olib keladi.

Turkum:Kasalliklar Turkum:Oziq-ovqat bilan bogʻliq kasallik Turkum:Sut

Manbalar

Havolalar Milk Allergy