Cigarettes After Sex – 2008-yilda Greg Gonzalez tomonidan El Pasoda tashkil etilgan AQSh dream pop guruhi. Guruh oʻzining mayin, romantik va tushga oʻxshash musiqiy uslubi, romantika va sevgi mavzulariga asoslangan qoʻshiq matnlari, shuningdek, „androgin“ deb taʼriflangan Gonzalezning ovozi bilan tanilgan. Cigarettes After Sex ambient pop janrida ijod qiluvchi guruh sifatida tanilgan boʻlsa-da, shoegaze, slowcore va indie rock janrlarida ham ijod qiladi.
Guruhning birinchi kengaytirilgan albomi „I.“ deb nomlangan va 2012-yilda chiqarilgan. Albomdagi „Nothing's Gonna Hurt You Baby“ qoʻshigʻi mashhur boʻlgan. 2015-yilda chiqarilgan „Affection“ singli keng omma tomonidan ijobiy qabul qilinadi. Guruh 2017-yilda „Cigarettes After Sex“ deb nomlangan oʻzining ilk studiyaviy albomini chiqaradi. 2019-yilda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi „Cry“ chiqarilgan. Cigarettes After Sex guruhining uchinchi albomi „X’s“ 2024-yil 12-iyulda chiqarilgan.
Tarixi Cigarettes After Sex guruhi Greg Gonzalez tomonidan 2008-yilda Texasning El Paso shahrida tuzilgan. Gonzalez birinchi „I.“ nomli kengaytirilgan albomini oʻzi oʻqigan Texas El Paso universitetidagi zinapoyalarda yozib olgan va bu jarayonni „tasodifan, tajriba uchun“ deb atagan.
Greg Gonzalezning soʻzlariga koʻra, u bir muddat doʻstlik munosabatida boʻlgan va doʻsti bilan uchrashuvlaridan keyin sigaret chekishgan. Bir kechada esa guruh nomi uning hayoliga kelgan. Harper's Bazaar India jurnalisti Mitali Shah bu nomni „oʻta jozibali“ deb hisoblaydi, Ambient Light Blogdagi Sarah Kidd esa „unutib boʻlmas nom“ deb taʼriflagan.
Greg Gonzalez Brooklynga koʻchib oʻtgach, 2015-yilda guruhning „Affection“ singli va REO Speedwagonning „Keep On Loving You“ qoʻshigʻining kaver versiyasini chiqargan.
YouTubedagi musiqiy tavsiyalar sababli Cigarettes After Sex guruhining mashhurligi oshib boradi. Bu esa Yevropa, Osiyo va Amerika Qoʻshma Shtatlarida jonli konsertlar tashkil etilishga sabab boʻlgan. Guruhning oʻz nomi bilan atalgan debyut studiyaviy albomi 2017-yil 9-iyunida chiqarilgan. Keyinchalik „Nothing's Gonna Hurt You Baby“ qoʻshigʻi bir qator mashhur teleseriallarning epizodlarida, shu jumladan, „The Handmaid's Tale“ seriali birinchi mavsumining 7-qismida, „The Sinner“ serialining 7-qismida, „Wanderlust“ning birinchi mavsumining 1-qismida, „Shameless“ seriali sakkizinchi mavsumining 9-qismida hamda „Elite“ seriali oltinchi mavsumining 8-qismida ishlatilgan. 2021-yil yanvar oyiga kelib, bu qoʻshiq YouTubeda taxminan 102 million marta koʻrilgan.
2017-yil 11-iyulda guruh Rossiyadagi oʻzining ilk konsertini Moskvada joylashgan „Sixteen Tons“ klubida oʻtkazadi. Shundan soʻng guruh Sankt-Peterburgda ham chiqish qilgan. Roppa-rosa bir yildan keyin guruh yana Moskvada („“ maydonida) chiqish qiladi, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi Stereoleto festivalining bosh ijrochisiga aylanadi. Bundan tashqari, guruh Kiyevda ham oʻzining ilk konsertini bergan. Keyingi yili guruh yana Rossiyaning ikki shahrida chiqish qiladi.
2018-yilda guruhning birinchi albomidan joy olgan „K.“ qoʻshigʻi „Killing Eve“ serialining birinchi mavsumi 2-qismida yangraydi.
2019-yilning avgustida guruh „Heavenly“ singli bilan birga, Cry nomli ikkinchi studiyaviy albomini chiqarishini maʼlum qilgan. Albom esa 2019-yil 25-oktyabrda chiqarilgan.
Guruh 2020-yilda „You’re All I Want“ singlini chiqargan. Ikki yil oʻtib, 2022-yil noyabr oyida „Pistol“ nomli yana bir singlni chiqaradi.
2023-yil iyul oyida guruh „Bubblegum“ va „Stop Waiting“ nomli ikkita singlini chiqargan. 2023-yil dekabr oyida esa guruh Radioheadning „Motion Picture Soundtrack“ qoʻshigʻining kaver versiyasini chiqarilgan.
2024-yil 28-fevralda guruh oʻzining uchinchi studiya albomi „X’s“ chiqarishini eʼlon qilgan. Shu kuni ular albomni qoʻllab-quvvatlash uchun 2024 va 2025-yillar davomida oʻtkaziladigan „X’s“ dunyo boʻylab konsert turlarini ham eʼlon qilishadi va albomning ilk singli boʻlgan „Tejano Blue“ni chiqarishadi. Gonzalez bu qoʻshiq oʻzining tugʻilib oʻsgan shahridagi yillaridan ilhomlangani haqida aytib oʻtgan. 2024-yil 16-aprelda albomni yanada ko'proq targʻib qilish maqsadida albomning ikkinchi singli „Dark Vacay“ chiqariladi. 2024-yil 4-iyunda esa „Baby Blue Movie“ uchinchi singl sifatida taqdim etiladi. „X’s“ albomi 2024-yil 12-iyulda chiqarildi va ijobiy baholarga sazovor boʻldi.
Uslubi Noisey nashri uchun yozilgan maqolada Vice jurnalisti Christina Cacouris „Cigarettes After Sex“ guruhini „Sodda, tumanli va romantik, ammo Gonsalesning androgin ovozi ostida yanada mayin taʼsiri seziladi“ hamda „shirin va hissiy“ deb taʼriflagan. „Guruhning nomi bildiradiganidek, u yotoqda yotishni eslatadi, ammo uning muhit musiqasi sifatlari raqsga tushadigan musiqa boʻlishiga toʻsqinlik qilmaydi“. Gonsales oʻzining sevimli qoʻshiqchisi sifatida Françoise Hardy va ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan odam sifatida Miles Devisni tilga oladi. Sound of Boston jurnali bilan suhbatda u „Affection“ va LPdagi musiqaning ohangi va tovushiga L'Avventura va The Double Life of Veronique (oʻzbekcha: Veronikaning ikki tomonlama hayoti) kabi filmlar taʼsir qilganini taʼkidlagan. Guruh, shuningdek, Cowboy Junkiesning „The Trinity Session“ albomi, Julee Cruise va Cocteau Twinsni oʻz ijodiga katta taʼsir koʻrsatganlar sifatida keltiradi. Eardrums Music musiqiy blogi guruhni „ohista, tush koʻrayotgandek va goʻzal, mayin vokallar va juda yaxshi soʻzlar bilan“ deb tasvirlaydi va uni Mazzy Star bilan taqqoslaydi. Swell Tone musiqiy blogi mualliflari Cigarettes After Sexni „melanxolik, ohista pop yaratadigan guruh, qoʻshiqlari esa har qanday tinglovchini mayin chayqatib, karaxt holatga tushiradi“ deb fikr bildirgan.
Independentmusicnews.com sayti uchun yozilgan „Affection“ albomiga sharhida, muallif Jae Pyl quyidagi xulosani beradi: „Cigarettes After Sexning tovushida shunchalik yaqinlik borki, uni yuragingizning tubiga qoʻymaslikning iloji yoʻq“.
Aʼzolari 2008-yilda tashkil topganidan beri, guruh Greg Gonzalez boshchiligida bir qancha turli aʼzolar va hamkorlarni oʻz ichiga olgan: Hozirgi aʼzolar Greg Gonzalez – asoschi, bosh vokal, elektr gitara, akustik gitara Randall Miller – bas gitara Jacob Tomsky – barabanlar
Sobiq aʼzolar Phillip Tubbs – klaviatura, elektr gitara Greg Leah – barabanlar Steve Herrada – klaviatura Emily Davis – akustik gitara
Diskografiyasi Studiyaviy albomlari + Studiyaviy albomlari roʻyxati (tanlangan chartlardagi oʻrinlari bilan) Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrin Sertifikatlar USPeak chart positions in the United States: Cigarettes After Sex: Cry: AUSPeak chart positions in Australia: Cigarettes After Sex: Cry: AUT BEL FRA GER NLD POR SWI UK Cigarettes After Sex Chiqarilgan sana: 9-iyun 2017-yil Leybl: Partisan Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish 144 81 18 5 42 38 53 21 21 27 RIAA: Oltin BPI: Oltin SNEP: Platina Cry Chiqarilgan sana: 25-oktyabr 2019-yil Leybl: Partisan Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish, striming 152 61 26 8 27 29 37 1 19 36 BPI: Kumush X’s Chiqarilgan sana: 12-iyul 2024-yil Leybl: Partisan Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish, striming — — — — — — — — — —
Mini albomlari + Mini albomlari roʻyxati (tanlangan chartlardagi oʻrinlari bilan) Nomi Maʼlumotlar Chartlardagi eng yuqori oʻrin UKSales I. Chiqarilgan sana: 21-iyul 2012-yil Leybl: Oʻzi chiqarilgan Formatlari: LP, CD, kasseta, Raqamli yuklab olish 2
Singllari Nomi Yil Chartlardagi eng yuqori oʻrin Sertifikatlar Albom USBub. BEL CAN FRA „Apocalypse“: „Heavenly“: GREPeaks on the Greek singles chart: For „Apocalypse“: LTU POR SWEHeat. UKIndiePeak chart positions on UK Independent Singles chart: „Apocalypse“: WW „Affection“ 2015 – – – – – – – – – — Albomga kiritilmagan „K.“ 2016 – — – – – – – – – — RIAA: Platina BPI: Kumush SNEP: Oltin Cigarettes After Sex „Apocalypse“ 2017 16 85 83 87 31 27 185 20 25 156 RIAA: 2× Platina AFP: Platina BPI: Oltin IFPI GRE: Platina SNEP: Platina „Each Time You Fall in Love“ – – – – – – – – – — „Sweet“ – – – – – – – – – — „Crush“ 2018 – 86 – – – – – – – — Albomga kiritilmagan „Neon Moon“ – — – – – – – – – — „Heavenly“ 2019 – 64 – 57 – – – – – — Cry „Falling in Love“ – — – – – – – – – — „You’re All I Want“ 2020 – — – – – – – – – — Albomga kiritilmagan „Pistol“ 2022 – – – – – – – – – — „Bubblegum“ 2023 – – – – – – – – – — „Motion Picture Soundtrack“ – – – – – – – – – — „Tejano Blue“ 2024 – – – – – – – – – — X’s „Dark Vacay“2024—————————— „Baby Blue Movie“2024——————————"—" bu hududdagi chartlarda qatnashmaganlik yoki chiqarilmagan relizni bildiradi.
Boshqa qoʻshiqlari Nomi Yil Sertifikatlar Albom „Nothingʻs Gonna Hurt You Baby“ 2012 BPI: Kumush I. „Sunsetz“ 2017 BPI: Kumush Cigarettes After Sex „Cry“ 2019 BPI: Kumush Cry
Demolari I Can See You (2009) Cigarettes After Sex (Romans 13:9) (2011) Izohlar
Manbalar
Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:2008-yilda tashkil etilgan guruhlar Turkum:Dream pop guruhlar Turkum:AQSh musiqiy guruhlari Turkum:Musiqa Turkum:Pop-qoʻshiqchilar