Akmal Xasanov (1994-yil 28-noyabr tugʻilgan, Termiz, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston) – sobiq oʻrta yengil vazn toifasidagi oʻzbek bokschisi, Oʻzbekiston chempioni va 2018-yildan buyon boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi. Shuhrat medali sohibi (2023)

Biografiyasi Akmal Xasanov 1994-yil 20-noyabr kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tavallud topgan.

Sportchilik faoliyati

15-yoshdan boshlab sportning boks turi bilan shugʻullangan. 2010-2014 yillarda Oʻzbekiston chempioni, Qozogʻiston, Ukraina va Rossiyada oʻtkazilgan Xalqaro musobaqalar gʻolibi.2009-2010 (1-oʻrin) oʻsmirlar oʻrtasida va 2011-2012 yillarda yoshlar oʻrtasida, 2013-2014-yillari kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni. Akmal Xasanov 2015-yil jarohat sabab sport faoliyatini yakullangan.

Murabbiylik faoliyati

Akmal Xasanov 2018-yildan boks boʻyicha murabbiylik faoliyatini boshladi. Hozirda Oʻzbekiston boks terma jamoasi murabbiyi. Uning murabbiyligi ostida Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev, Shoxjahon Abdullayev va Javohir Ummataliev, Abdullaev Aloxon kabi jahon va Osiyo chempionati sovrindorlarini yetkazib chiqazgan.

Mukofotlari Akmal Xasanov 2023-yil 25-avgust kuni „Shuhrat“ medali taqdirlangan.

Xalqaro toifadagi sport ustasi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston bokschilari Turkum:Shuhrat medali sohiblari