Maksim Pavlovich Lisitsin (; 1978-yil 11-yanvarda tugʻilgan) – rossiyalik futbol murabbiy, Qirgʻiziston milliy terma jamoasi va Bishkekning „Dordoy“ klubida bosh murabbiy.
Biografiya Maksim „Kuban“ jamoasining oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. Harbiy xizmatni oʻtagach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Lisitsin 15 yil davomida Krasnodar oʻlkasidagi futbol akademiyada ishlagan. U „Kuban-2“ murabbiylar shtabining aʼzosi boʻlgan, keyinchalik „Krasnodar“ klubining seleksiya boʻlimini boshqargan.
2020-yilda Lisitsin Qirgʻiziston Premyer-ligasining „Ilbirs“ klubini boshqargan.
2022-yildan 2024-yilgacha Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasini boshqargan. Maksim Lisitsin boshchiligida jamoa 2022-yilda saralashdan muvaffaqiyatli oʻtib, Osiyoning kuchli 16 jamoasi qatoriga kirgan, 2023-yilda esa bu jamoa Osiyo Kubogi final turniri oʻyinlarida ishtirok etgan. 2023-yilning dekabrida Maksim „Bishkek Dordoy“ klubi bosh murabbiyligiga tayinlangan. 2024-yil 13-iyun kuni esa Qirgʻiziston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan.
Manbalar
Havolalar
Maksim Lisitsin Transfermarkt saytida
Turkum:11-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Kuban 2 futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari Turkum:FC Ilbirs murabbiylari Turkum:FC Dordoy Bishkek murabbiylari Turkum:Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari