Harem okrugi () Suriyaning shimoli-gʻarbidagi Idlib muhofazasi tarkibiga kiruvchi okrug. Maʼmuriy markazi Harem shahri. 2004-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, okrug aholisi 175,482 kishini tashkil qilgan2004 official census . Hudud nomi islom dinidagi haromning maʼnosi bilan bir xil.
Nohiyalari Harem okrugi tarkibida oltita nohiya mavjud boʻlib, ular quyidagilar (aholi soni 2004-yil holatiga koʻra):
Harem nohiyasi (ناحية حارم): aholi soni 12,894.
Ad-Dana nohiyasi (ناحية الدانا): aholi soni 60,058.
Salqin nohiyasi (ناحية سلقين): aholi soni 47,939.
Kafr Taxarim nohiyasi (ناحية كفر تخاريم): aholi soni 14,772
Qurqaniya nohiyasi (ناحية قورقينا): aholi soni 12,552
Armanaz nohiyasi (ناحية أرمناز): aholi soni 27,267.
Manbalar
Turkum:Idlib muhofazasi okruglari