Quest Pistols Show (2014-yilgacha Quest Pistols) – ukrain musiqa va raqs guruhi, guruh 2007-yilda Inter telekanalining „Shans“ teleloyihasida „Ya ustal“ singli bilan oʻz debyutini qilgan. Guruhning birinchi tarkibi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy iborat boʻlgan.
Guruh uchta studiyaviy albomini „Dlya tebya“ (2007), „Superklass“ (2009), „Lyubimka“ (2016), shuningdek, oʻn sakkizta radiosingllarini chiqargan. Guruh MTV Europe Music Awards va Oltin Gramafon sovrindori. Guruhning barcha aʼzolari, ham sobiq, ham hozirgilari tatuirovka muxlislaridir. Guruh tarkibi
Guruh tarixi
2007—2011 Guruh dastlab „Quest“ raqs baletidan kelib chiqqan boʻlib, ularning uchta aʼzosi Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Shans“ musiqiy realiti-shousida pop yulduzlar sifatida chiqish qilishga qaror qilishadi va „Shocking Blue“ guruhining „Long and Lonesome Road“ qoʻshigʻiga „Ya ustal“ nomi bilan kaver qoʻshiq yozishgan . Guruhning 2007-yil 1-aprelda boʻlib oʻtgan birinchi chiqishlari jamoatchilik tomonidan yaxshi kutib olinadi, teletomoshabinlar qoʻshiq uchun 60 000 ovoz berib, Quest Pistolsni mashhur qilishgan. Qoʻshiqning klipi 2007-yil may oyida chiqqan va darhol musiqiy telekanallarda namoyish etilgan.
Quest Pistols oʻzining „Dlya tebya“ debyut albomini 2007-yil 29-noyabrda taqdim etdi. Disk platina sertifikatiga ega boʻldi va ijobiy sharhlarni oladi. Keyinchalik guruh Nikolay Voronovning „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻiga kaver yozishadi, uning klipi 2009-yil 8-martda chiqib, YouTubeda xitga aylangan . 2009-yil 26-noyabrda guruhning ikkinchi studiyaviy albomi „Superklass“ chiqadi, u 10 ta trekni oʻz ichiga olgan, ulardan 2 tasiga klipsuratga olingan.
2011—2013 2011-yilda Konstantin Borovskiy guruhni tark etdi va uning oʻrnini Daniil Matseychuk egallaydi. Yangi tarkib „Ti poxudela“ (feat. Lolita), „Razniye“, „Zabudem vsyo“ va „Romeo“ kabi videokliplarni chiqaradi. 2013-yilda Daniil Matseychuk guruhni tark etdi. Keyinchalik u guruhning sobiq solisti Konstantin Borovskiy bilan birgalikda „KBDM“ musiqiy guruhi va xuddi shu nomdagi kiyim brendia asos solishadi.
2014—2015 2013-yil iyunidan 2014-yil apreligacha guruh ikki solist Anton Savlepov va Nikita Goryuk, shuningdek, niqobli ishtirokchi bilan gastrol safarida boʻlishadi. Aprel oyida guruhga Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles va Mariam Turkmenbayeva qoʻshiladi. 7-oktyabr kuni „Santa Lyuchiya“ qoʻshigʻining (Igor Siliverstovning 1991-yildagi qoʻshigʻining kaveri) klipi premyerasi boʻlib oʻtadi.
2014-yil 15-noyabrda Quest Pistols Show raqs shousining premyerasi boʻlib oʻtdi, 2015-yil yanvar oyida guruh xalqaro gastrollarga chiqishadi. Ushbu shou konseptsiyasi guruh raqs falsafasining asosi boʻlgan, bu wsa keyinchalik guruhni shou loyihasi formatiga olib keladi va guruh nomini „Quest Pistols Show“ ga oʻzgartiradi. 2015-yil 8-martda „Soundtrack“ nomli minialbom chiqadi. Albomda guruhning yangi qoʻshiqlari kiritiladi. 2015-yil sentyabr oyining boshida Daniil Matseychuk guruhga qaytadi. 13-noyabr kuni „Prisheles“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtadi, unda vokal qismini Mariam Turkmanbayeva ijro etgan.
2015-yildan beri thumb| Quest Pistols Show 2015-yil 2015-yil 30-sentyabrda Nikita Goryuk, uning ortidan 2016 yil 3-yanvarda guruhning soʻnggi frontmeni Anton Savlepov guruhni tark etishadi. Taxminan shu yili bir vaqtning oʻzida Anton Savlepov, Nikita Goryuk va Konstantin Borovskiy „Agon“ guruhini tashkil etishadi.
15-aprel kuni „Nepoxojiye“ qoʻshigʻining videoklipi premyerasi boʻlib oʻtdi. Ushbu klip guruhning yangilangan tarkibini Daniil Matseychuk, Mariam Turkmenbayeva, Ivan Krishtoforenko va Vashington Sallesni taqdim qiladi.
1-sentyabr kuni guruh Open Kids oʻsmirlar pop guruhi bilan birgalikda „Kruche vsex“ qoʻshigʻi uchun olinga klipni taqdim etadilar. 4-noyabr kuni guruhning katta konserti boʻlib oʻtdi, unda guruhning yangilangan tarkibi „Lyubimka“ nomli birinchi albomini taqdim etishadi va oʻsha kuni alboming iTunesda premyerasi boʻlib oʻtadi. Keyinchalik shu nomdagi yangi singl taqdim etiladi. 27-sentyabr kuni guruh „Ux ti kakoy!“ yangi qoʻshigʻi va klipini taqdim etadi.
2019-yil aprel oyida Mariam Turkmanbayeva guruhni tark etadi. Buning sababi yakkaxon karyera bilan shugʻullanish istagi boʻlgan. Turkmanbayeva ketganidan soʻng, guruh „Olovni yoqish“, „Zajigaem ogon“, „Bosonogiy malchik“, „Na bayke“ i „Sladkoeshka“ singllarini yozadi.
Eurovison Guruh Eurovisonda qatnashish uchun bir marta Rossiyadan va ikki marta Ukrainadan ariza topshirgan. Dastlab, guruh Moskvada boʻlib oʻtgan Eurovison 2009da Ukrainani vakili sifatida qatnashishni xohlashgan, lekin guruh Ukrainadagi saralash bosqichida ishtirokchilar orasida boʻlmagan. Shuningdek, „Belaya strekoza lyubvi“ qoʻshigʻi bilan Rossiyadagi saralash bosqichidan oʻtishga harakat qiladi, ammo qoidalar sababli (qoʻshiq 2008-yil oktyabrgacha ijro etilishi mumkin emas edi) Quest Pistols saralash bosqichia ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. 2010-yilda guruh ikkinchi marta „Ya tvoy narkotik“ qoʻshigʻi bilan Oslodagi Eurovisonga borishga harakat qiladi, ammo ular yana salalashdan oʻta olishmaydi. 2011-yilda Quest Pistols Bokudagi Euroison tanlovida ishtirok etish uchun uchinchi marta Ukrainadan ariza berishadi, ammo bu yana muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.
Videokliplari YilVideoklip nomiGuruh tarkibi2007Ya ustalAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyDni glamuraAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2008Dlya tebyaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyKletkaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2009Belaya strekoza lyubviAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyOn ryadomAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2010Ya tvoy narkotikAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyRevolyutsiya (feat. Artur Pirojkov)Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2011Ti tak krasivaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyTi poxudela (feat. Lolita Milyavskaya)Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk2012RazniyeAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk2013Zabudem vseAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil MatseychukJaraAnton Savlepov, Nikita Goryuk2014Baby BoyAnton Savlepov, Nikita GoryukBit (feat. Secret Q)Anton Savlepov, Nikita GoryukSanta LyuchiyaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan Krishtoforenko2015Mokraya (feat. MONATIK)Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Mariam Turkmenbayeva, Vashington Salles, Ivan KrishtoforenkoPrishelesAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva2016NepoxojiyeDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam TurkmenbayevaKruche Vsex (feat. Open Kids)Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva2017LyubimkaDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam TurkmenbayevaUx ti kakoy! (feat. Magicool)Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva2018Ubyu (feat. Constantine)Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam TurkmenbayevaPey vodaDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva2019Bosonogiy malchikDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington SallesNa BaykeDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington SallesSladkoejka (feat. VANO)Daniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles2020TesnoDaniil Matseychuk, Ivan Krishtoforenko, Vashington Salles, Mariam Turkmenbayeva, Nikita Goryuk, Anton Savlepov2022Ti neymovіrnaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2023Ya Tvoy NarkotikAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyOchi (feat. Artem Pivovarov)Anton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin BorovskiyXto Mi ЄAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy2024BojevilnaAnton Savlepov, Nikita Goryuk, Konstantin Borovskiy
Diskografiyasi Studiyaviy albomlari Nomi Maʼlumot Dlya tebya Sana: 2007-yil 29-noyabr Leybl: Bomba Music Format: CD, digital distribution Superklass Sana: 2009-yil 26-noyabr Leybl: Pervoye muzikalnoye Izdatelstvo Format: CD, rdigital distribution Lyubimka Chiqarilish: 2016 yil 4-noyabr Leybl: Kruzheva Music Format: digital distribution
Mini-albomlari Nomi Maʼlumot Soundtrack Sana: 2015-yil 8-mart Leybl: Kruzheva Music Format: digital distribution Manbalar
Havolalar Guruhning rasmiy sayti Quest Pistols YouTubeda Kruzheva Music kanalida QPS kliplari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari