Afsonalar vodiysi bogʻi – Namangan shahrida joylashgan tematik bogʻ, 2019-yilda ochilgan. Bogʻ Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida barpo etilgan. U shahar hududidagi yirik istirohat maskanlaridan biri hisoblanadi.

Tarixi

Afsonalar vodiysi bogʻi „Namangan-Istiqlol bogʻi MChJ“ tomonidan Namangan shahridagi sobiq Mashrab bogʻi oʻrnida 155 gektar maydonda 2018-yilda qurilish ishlari boshlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yildagi Namangan viloyatiga tashrifi vaqtida bogʻning loyihasi bilan yaqindan tanishgan. Bogʻning nomlanishi ham ushbu tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Afsonalar vodiysi“ deb nom berishni taklif qildi.

Bogʻ loyihasining umumiy qiymati 123 mln dollarga teng boʻlib, bundan 102 mln dollari taʼsischi tomonidan ajratildi. 2019-yilga kelib, bogʻning bir qismi foydalanishga topshirildi.

Bogʻ inshootlari Akvapark Bogʻ hududida 10 ta xizmat va 5 ta texnik binolar, 16 ta basseyn va 7 ta turli suv attraksionlaridan iborat yopiq va ochiq akvapark mavjud.

Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi

Afsonalar vodiysi bogʻining yana bir diqqatga sazovor inshootlaridan biri boʻlgan Yusufxon oʻgʻli Qosimxon jome masjidi bir vaqtning oʻzida 15 ming namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid 2021-yilda „DOME+Partners“ turk loyihalash kompaniyasi tomonidan qurib, foydalanishga topshirilgan.

Tomosha charxpalagi 250px|thumb|Afsonalar vodiysi bogʻidagi tomosha charxpalagi. Balandligi 92 m boʻlib, 2024-yilda foydalanishga topshirilgan.

2024-yilda ishga tushirilgan tomosha charxpalagi balandligi 92 metrga teng boʻlgan, O‘zbekistondagi eng katta charxpalak hisoblanadi. 54 ta kabinaga ega boʻlgan mazkur charxpalak bir vaqtning oʻzida 216 kishiga xizmat koʻrsata oladi.

Yana qarang Bobur bogʻi

Izohlar

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi bogʻlar Turkum:Namangan