Mergen Orazov () turkmanistonlik futbol murabbiyi, Turkmaniston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Faoliyati

Dastlabki yillar Orazov hozir Ashxobodning tarkibida boʻlgan Bekrewe shahrida tugʻilgan. Orazov futbol oʻynashni kichik yoshidan boshlagan va yetti yoshida „Ak Gush“ futbol jamoasi maktabiga borganhttps://turkmenportal.com/blog/61025/glavnyi-trener-sbornoi-turkmenistana-po-futbolu-prohodit-stazhirovku-v-akademii-vilyarreala. 16 yoshida u Ashxobodning "Nisa" klubi yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Tez orada klubning asosiy jamoasi mashgʻulotlarida ishtirok eta boshlagan. Ammo oʻrta maktabni tugatgach, u Pensilvaniya shtat universitetiga oʻqishga kirdi va AQShga ketganhttps://turkmenportal.com/blog/61025/glavnyi-trener-sbornoi-turkmenistana-po-futbolu-prohodit-stazhirovku-v-akademii-vilyarreala.

Oʻyin karerasi 2005-yilda Orazow AQShning Penn State Nittany Lions jamoasi tarkibida oʻyinlarda ishtirok etgan.

Futzallik faoliyati AQSHda oʻqishini yakunlab, Turkmanistonga qaytib kelgach, Orazov professional futzal bilan shugʻullana boshlagan. „Arvana Ashxobod“ klubi aʼzosi sifatida besh marta Turkmaniston chempioni boʻlgan.

Xalqaro martaba Orazov Turkmaniston futzal terma jamoasi tarkibida besh marta futzal boʻyicha Osiyo chempionati final turnirlarida ishtirok etgan.

Futzal menejerlik faoliyati Futzalchi sifatidagi professional faoliyatini yakunlagach, u ikki marta „Kopetdag“https://turkmenportal.com/blog/17822/mergen-orazov-u-kopetdaga-segodnya-byl-ochen-dostoinyi-sopernik futzal klubini bosh murabbiy sifatida Turkmaniston chempioni unvonigacha yetaklagan. 2020-yilda Turkmanistonning eng yaxshi futzal murabbiyi deb topilgan.

Futbol menejerlik karerasi 2021-yilda u „Ahal“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi va ularga ligada gʻalaba qozonishda, birinchi liga chempionligiga yordam berdi. Shuningdek, „Ahal“ Turkmaniston kubogi va Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogini qoʻlga kiritgan. U Turkmanistonning 2022-yildagi eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

2023-yilda Turkmaniston bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Yutuqlar Ahal

Yokari ligasi : 2022https://turkmenistan.gov.tm/ru/post/68905/ahal-vyigral-chempionat-i-kubok-turkmenistana-po-futbolu Turkmaniston kubogi : 2022https://turkmenistan.gov.tm/ru/post/68905/ahal-vyigral-chempionat-i-kubok-turkmenistana-po-futbolu Turkmaniston futbol federatsiyasi kubogi: 2022

Shaxsiy hayot Pensilvaniya shtat universitetini (AQSh) Biznes boshqaruvi fakultetini tamomlagan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Turkmaniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Turkmaniston futbol murabbiylari