Arsen Norayrovich Zaharyan (26-may 2003-yilda tugʻilgan) – rus professional futbolchisi, maydonda hujimkor markaziy himoyachi rolida toʻp suradi va hozirda La Liganing Real Sociedad va Rossiya milliy terma jamoasida oʻynaydi.

Biografiyasi Zaharyan Samara shaxrida tugʻilgan, Rossiya fuqorosi boʻlishiga qaramasdan asli etnik kelib chiqishi Arman millatiga borib taqaladi. Arsenning ota-onalari Ozarbayjonning Oqdara shahridan Rossiyaga Birinchi Qorabogʻ urushidan (1992–1994) soʻng koʻchib kelishgan.

Klub faoliyati

Dinamo Moskva

2020–2021-yilgi mavsum Zaharyan oʻzining debyut oʻyinini 2020-yil 1-noyabr kuni Dinamo safida Rossiya Premyer-ligasi 2020-21-mavsumining Tambov klubiga qarshi uchrashuvida oʻtkazgan. U qishki taʼtildan keyin Dinamo safida birinchi marotaba asosiy tarkib bilan 2021-yil 28-fevralda birinchi ligadagi oʻyinda ishtirok etgan va Ahmad Grozny jamoasiga qarshi 2-1 hisobidagi gʻalaba qozonilgan oʻyinda birinchi golini kiritgan. U Rossiya Premyer-ligasida gol urgan Aleksandr Kokorin va Pyotr Nemovdan keyingi uchinchi eng yosh „Dinamo“ oʻyinchisi boʻlgan.

Zaharyanni oʻyin koʻrsatkichlariga asoslanib 2021-yil fevral, mart va may oylarida oyining futbolchisi deb topilgan, shu jumladan may oyida CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda oʻyinda hal qiluvchi golni urgan. Dinamo muxlislari tomonidan 2020-21-mavsumning oʻyinchisi sifatida tanlangan va Rossiya Futbol Ittifoqi (RFS) uni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topgan.

2021-22-yilgi mavsum Zahariyanning 2021-22-mavsumidagi birinchi goli 23-iyul 2021-yilda, FC Rostov ustidan 2-0 hisobidagi qozongan gʻalabasida kiritildi; u oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi . 2021-yil 9-dekabrda Rossiya Premyer-ligasi uni 2021-yilning 21 yoshgacha boʻlganlar orasida eng yaxshi futbolchi deb topdi.

Zaharyanni Dinamo muhlislari 2-mavsumda ham uni yil oʻyinchisi nominatsiyasida eng yaxshisi deb topishdi . U shuningdek, ligadagi eng yaxshi 21 yoshgacha futbolchilar orasida 2-oʻrinni egalladi, 1-oʻrinni liga toʻprari Gamid Agalarov egallagandi . RFS uni 2021-22-yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh oʻyinchi va eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topdi.

2022-23-yilgi mavsum 2022-yil 1-sentyabrda Dinamo klubi 2022-yil 25-avgustda Zaharyanga Premyer-liganing „Chelsea“ klubidan transfer shartnoma taklifi kelganini va klublar oʻsha paytdan boshlab muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi, ammo transfer 2022-yil yozgi transfer oynasida „biz nazorat qilmagan bir qator texnik sabablarga koʻra“ mumkin emasligini eʼlon qildi. Dinamo banki va sobiq egasi VTB banki 2022-yil fevral oyida Buyuk Britaniyaning hukumati tomonidan Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin sanksiya qilindi. U Dinamo muxlislari tomonidan 2022-yil sentyabr oyida va 2022-yil oktyabr oyida oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

2023-24-yilgi mavsumi Zaharyan mavsumni Dinamo bilan Yevropa klublariga oʻtishi mumkin degan katta taxminlar orasida boshladi. Rossiya matbuotida Lazio, Feyenoord, Strasburg, Genova, PSV Eindhoven va Ajax qiziqish bildirilgani aytilgan. 2023-yil 9-avgust kuni Zaharyan va Rossiyaning Kubogi doirasidagi Krasnodar jamoasiga qarshi 4-3 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalardan jarima maydonchasidan raqib darvozasiga gol kiritdi va jamoasiga gʻalabani taminladi. 13-avgust kuni Baltika Kaliningrad qarshi boʻlib oʻtadigan keyingi ligadagi oʻyin uchun futbolchilar roʻyxatiga Zaharyan kiritilmagan va oʻyinni zahira oʻrindigʻidan kuzatgan. Dinamo prezidenti Pavel Pivovarov Dinamo va Ispaniya jamoasi Real Sociedad oʻrtasidagi oʻtish shartlari va shaxsiy shartnoma shartlari kelishib oldi va transfer tibbiy koʻrikdan keyin rasmiylashtirilishi haqida eʼlon qildi.

Real Sociedad 2023-yil 19-avgust kuni La Liga klubi Real Sociedad Zaharyanni 2029-yil 30-iyunga qadar klub bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. 2024-yil 15-mart kuni Zaharyan klub safidagi birinchi golini Kadiz bilan boʻlgan oʻyinda(2-0) kiritdi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

Yoshlar jamoasida 2021-yil 15-mart kuni Zaharyan 2021-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida Rossiya U21 jamoasigakiritildi. U ilgari 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi bahslarda Rossiya safida ishtirok etgan va Rossiyaning jamoadagi eng yosh oʻyinchisi boʻlgan .2021-yil 25-mart kuni uzining Islandiya qarshi debyut oʻyinida Zaharyan 31 daqiqada jarima maydonchasi ichida penalti ishladi va Rossiya penaltidan gol urib oʻyinda hisobi ochdi. Birinchi taymning qoʻshimcha vaqtida u birinchi golini kiritdi va hisobni 3-0 koʻrinishiga keltirdi va oʻyin oxir-oqibat Rossiyaning 4-1 hisobida gʻolib boʻlishi bilan yakunlandi. Zaharyan Rossiyaning U21 futbolchilari orasida eng yosh toʻpurar va Yari Verschaerenni ortta qoldirgan holatda UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Yevropa chempionatining tarixidagi eng yosh toʻpurar boʻldi.

Professional faoliyati 2021-yil 11-may kuni Zaharyan birinchi marta Rossiya terma jamoasiga chaqirilib, UEFA Yevro-2020 uchun 30 kishilik jamoa tarkibiga kiritildi. U lagerda tonzillit infeksiyasiga chalindi va soʻngra guruhga kiritilmadi.

Zaharyan 1-sentyabr 2021-yilda Xorvatiya qarshi boʻlgan 2022-yilgi jahon chempionatida kattalar jamoasida debyut qildi. U oʻyinni ikkinchi yarmida maydonga tushdi va oʻyin 0-0 hisobi bilan yakunlandi. U ligida , Rossiyaning milliy terma jamoasi tarixidagi eng yosh futbolchi boʻldi. Zaharyan shuningdek, Igor Akinfeevdan keyin milliy jamoadagi eng yosh oʻyinchi boʻldi . Uning va Akinfeyevning rekordlari 2022-yilda Sergei Pinayev tomonidan yangilandi.

Oʻyin uslubi Zaharyan koʻp pozitsiyada oʻyay oladigan oʻyinchi va koʻp marta hujumdagi pozitsiyalarda, yaʼni qanot yarim himoyachi, hujumkor yarim himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Baʼzi oʻyinlarda u taktik talablariga koʻra oʻyin davomida pozitsiyalarni oʻzgartiradi. Uning oʻyin xarakteristikasi, futbolchilardan oʻtish qobiliyati va oʻyin usuli kabi xususiyatlari, Zaharyanni Belgiyalik xalqaro Kevin De Bruyne bilan taqqoslashga sabab boʻldi.

2020-yil oktyabr oyida „The Guardian“ tomonidan 2003-yilda tugʻilgan futbolchilar orasida dunyo futbolidagi eng yaxshi yosh talantlarning top 60 taligiga kiritilgan.

Statistikalari

Klub

+Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumlarLigaMilliy kubogYevropaUmumiyLigaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarIlovalarGollarDinamo-2 Moskva2020–21Rossiya ikkinchi ligasi158——158Dinamo Moskva2020–21Rossiya Premyer-ligasi13300001332021–22Rossiya Premyer-ligasi29752—3492022–23Rossiya Premyer-ligasi274101—3752023–24Rossiya Premyer-ligasi3121—52Umumiy7215174008919Real Sociedad2023–24La Liga2816050391Karyerasi jami115242345014328

Xalqaro

+Milliy jamoa safida uchrashuvlar va gollarMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarRossiya202140202220202310202410Umumiy80

Yutuqlar Dynamo Moskva

Rossiya kubogi: ikkinchi oʻrin: 2021-22

Shaxsiy Yutuqlar

Dinamo Moskva oylik futbolchisi: 2021-yil fevral, 2021-yil mart, 2021-yilning may, 2022-yil sentyabr, 2022-yil oktyabr Dinamo Moskva mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi: 2020-21, 2021-22 RFS Munda eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2021-22 Rossiya Premyer-ligasi mavsumning chap qanotchisi: 2021-22

Manbalar

Havolalar

Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Dinamo Moskva klubi futbolchilari Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari