Sara Bonnici (; 1998-yil 30-mayda tugʻilgan) – maltalik qoʻshiqchi. U „Loop“ qoʻshigʻi bilan 2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta nomidan ishtirok etgan.

Hayoti Sara Bonnici 1998-yil 30-mayda Maltaning Gozo orolida tugʻilgan. U Mercury Tower va Ħamrun Spartans bosh direktori Marcel Bonnicining qizidir. Sara Bonnici Buxgalteriya hisobi boʻyicha magistr darajasiga ega.

Faoliyati alt=Singer Sarah Bonnici performing in Madrid|left|thumb| Sara Bonnici PrePartyES 2024 davomida Madridda chiqish qilmoqda Sara Bonniciga yoshligida Miriam Christine ustozlik qilgan. 2009-yilda u Maltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida, keyin esa 2009-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan va „Mambo qoʻshigʻi“ bilan uchinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili u L-Għanja Tal-Maltin qoʻshiq festivalining 4-mavsumida gʻolib boʻlib, oʻz yosh guruhida Miriam Christine tomonidan yozilgan qoʻshiq bilan birinchi oʻrinni egallagan va xuddi shu tanlovda „Eng yaxshi ovoz“ nominatsiyasida gʻolib boʻlgan. 2010-yilda u Maltadagi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida „Kitty Kitty Cat“ qoʻshigʻi bilan 7-oʻrinni qoʻlga kiritgan. Bu gʻoliblik unga Malta vakili Nicole Azzopardi bilan 2010-yilgi Junior Eurovision qoʻshiq tanlovida raqqosa sifatida ishtirok etish imkoniyatini bergan.

Oʻsmirlik yillarida u oʻzining tugʻilgan joyi Maltadan tashqarida bir nechta xalqaro qoʻshiq tanlovlarida, jumladan Bolgariyadagi Trixie festivalida, Ruminiyadagi Karpat yulduzlari festivalida va Vengriyadagi „Star to Born“ festivalida qatnashgan. Sara Bonnici Ruminiyada boʻlib oʻtgan Ti Amo festivalida oʻz toifasida birinchi oʻrinni egallagan va „Vivrà ancora“ qoʻshigʻi bilan original qoʻshiq toifasida gʻolib boʻlgan. U 2012-yilda Kanzunetta Indipendenza festivalining „Yangi isteʼdod“ nominatsiyasida va 2018-yilda ayni shu festivalning asosiy toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Oradan koʻp oʻtmay, u X Factor Maltaning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan.

Sara Bonnici Maltadagi Eurovision 2022 qoʻshiq tanlovida Aidan tomonidan yozilgan „Heaven“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 12-oʻrinni egallagan. 2023-yil 18-oktabrda u Maltadagi Eurovision 2024 qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari orasida „Loop“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan, keyinchalik u 27-oktabr kuni yarim final bosqichining birinchi shousida chiqish qilish uchun qur’a tashlash marosimida qatnashgan. Noyabr oyi oxirida chiqqan yakuniy natijalarga koʻra, Sara Bonnici 2024-yil 3-fevralda finalga saralangan ishtirokchilaridan biri sifatida qatnashishi eʼlon qilingan. U yerda Sara Bonnici hakamlar hay’atining ovoz berishi bilan keyinga bosqichga oʻtgan va jami 102 ball toʻplagan holda birinchi oʻrinni egallagan. Shundan soʻng, u 2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Malta vakili sifatida tanlab olingan. Sara Bonnici 2024-yil 9-may kuni ikkinchi yarim finaldan oʻta olmagan va 13 ochko bilan musobaqada 16-oʻrinni egallagan.

Diskografiyasi

Singllari Sarlavha Yil Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar Albom yoki EP MLTPeak chart positions for singles in Malta: „Bandwagon“ 2015-yil — „Breathe Your Love“ 2017-yil — „“ 2018-yil — „Heaven“ 2022-yil — „Never Ever“ 2023-yil — „Loop“ 2024-yil 1 „Hold me closer“ — „Lose“ 7 „—“ oʻsha hududda yozilmagan yoki chiqarilmagan singlni bildiradi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Maltalik Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari Turkum:Gozolik qoʻshiqchilar Turkum:2024-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari