Namangan (toʻliq nomi:Namangan teleradio kompaniyasi) – Namangan viloyatida 1990-yil 18-oktyabrda tashkil etilgan teleradio kompaniya. Teleradio kompaniya Oʻzbekistonning universal mazmundagi hududiy telekanalidir. UOʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Tarixi Namangan teleradio kompaniyasi 1990-yil 18-fevraldan tajriba-sinov koʻrsatuvlarini efirga uzatishni boshlagan. Kanal tashkil topgan yili u qadar ommalashmagan edi. Kompaniya tashkil etilgan yili oʻz ishini oʻsha paytdagi „Magnoliya“ rusumli koʻchma televizion stansiya hamda „KT – 132“ markali 3 ta telekamera bilan boshlagan. Teleradio kompaniyaning moddiy texnik bazasi mustaqillikning dastlabki yillaridan yaxshilangan. 2000-yilda Namangan teleradio kompaniyasi uchun 504 million soʻm evaziga yangi telemarkaz qurib bitkazilgan. Telemarkaz yangi teleapparaturalar bilan jihozlangan, optik tolali uzatkichlar oʻrnatilgan, efir sifati yaxshilangan, tasvirni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoni yaratilgan, efir vaqti uzaytirilgan. Bu telemarkazda 2007-yil 1-yanvar oyidan 2012-yil 1-yanvariga qadar efirlar 12 soatdan efirga uzatilib kelgan, hozirda esa kanalda efir vaqti 18 soatni tashkil etadi. Tavsifi Namangan telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida berib boradi. Telekanal yoʻnalishi universal. Yana qarang Xususiy telekanallar Sport (telekanal) Mahalla (telekanal) Sevimli TV Zoʻr TV Milliy TV Viloyat telekanallari Navoiy (telekanal) Qaraqalpaqstan

Manbalar

Havolalar Namangan telekanali telegramda Namangan telekanali You tubeda

Turkum:Oʻzbekiston telekanallari