Dejan Savićević (1966-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – chernogoriyalik sobiq futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. 2001-yildan beri u Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi (FSCG) prezidenti. Hozirda bu lavozimga beshinchi marta saylangan.
Savićević 1990-yillarda dunyoning eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblangan va barcha davrlarning eng buyuk Yugoslaviyalik futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan. Milan klubidagi faoliyati davomida Italiya matbuotidagilar uni Genio (daho) deb atashgan.
Professional faoliyatini Yugoslaviyaning Budućnost jamoasida boshlaganidan soʻng, Savićević 1988-yilda Yugoslaviya birinchi ligasining Srvena Zvezda klubiga koʻchib oʻtgan va mazkur klubda 1990—1991-yilgi mavsum yevropa kubogida gʻolib chiqqan. Chempionlikdan keyin jamoaning eng koʻzga koʻringan futbolchisiga aylangan. 1991-yilgi oltin toʻp sovrini uchun tuzilgan reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan."Milan" bilan u uchta A Seriya, 1993–94 yillarda UEFA Chempionlar Ligasi va boshqa sovrinlarni qoʻlga kiritgan. 1999-yilda yarim mavsum davomida „Srvena Zvezda“ safida harakat qilgan. 1999-yilning qolgan qismidan faoliyatining soʻnggiga qadar Venaning „Rapid“ klubi safida toʻp surgan. 2001-yilda faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro maydonda Yugoslaviya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1990 va 1998-yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2001-yildan 2003-yilgacha Serbiya va Chernogoriya terma jamoasini boshqargan.
18 mavsum davom etgan professional futbolchilik faoliyati va qisqa, muvaffaqiyatsiz bosh murabbiylik faoliyatidan soʻng, Dejan Savićević 2001-yilning yozida Chernogoriya futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlay boshlagan.
Bolaligi va oilasi Otasi – Vladimir Savićević, davlat tasarrufidagi Titograd temir yoʻl transporti kompaniyasi xodimi boʻlgan.
Onasi – Vojislava „Vojka“ Đurović, xuddi shu kompaniya maʼmuriyatida faoliyat olib borgan. Dejan va uning ukasi Goran Titograd temir yoʻl bekati yaqinida joylashgan Drač mahallasida oʻsib ulgʻayishgan.
Dejan yoshligida mahalladagi doʻstlari bilan futbol oʻynagan. Bolalar oʻz uylarining yaqinida va asosan Đečevića Livada nomli maydonchada oʻyinlarni oʻtkazishgan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Chernogoriyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari
Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Chernogoriyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 1990 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari