Sivas qatliomi, Sivas qirgʻini, Sivas voqealari, Madimak qirgʻini yoki Madimak voqealari – 1993-yil 2-iyulda Sivasda oʻtkazilgan Pir Sulton Abdal festivali vaqtida radikal islomchi guruh tomonidan Madimak mehmonxonasining yoqib yuborilishi oqibatida asosiy qismi turk alaviylaridan boʻlgan 33 nafar yozuvchi, shoirlar hamda faylasuflar, mehmonxona xodimlarining oʻlimi hamda tutundan boʻgʻilib hushlarini yoʻqotishiga olib kelgan hodisa.

Qatliom vaqtida tashqariga toʻplangan hujumchilardan 2 nafari halok boʻldi. Aholining koʻpchilik qismi politsiya va nazoratchilar qarshilik koʻrsatmay, qirgʻinga imkon bergan, degan fikrni yoqlaydi. Qirgʻinda ogʻir jarohatlar bilan qutulib qolgan yozuvchi va publitsist Aziz Nesin mojarolardan keyingi intervyuda oʻsha vaqtdagi Turkiya prezidenti Süleyman Demirel hamda koalitsiyon hukumat rahbarlari Tansu Çiller bilan Erdal İnönüni qattiq qoralab, „Bir davlat bor, derdim men. Bir davlat bor, ishonish mumkin boʻlgan bir davlat. Yaxshimi-yomon, xato qiladimi-toʻgʻrimi – ammo davlat bor. Albatta, buning oldini oladi. Bunchalar toqat qilinmaydi, deb oʻylardim. Adashibman!“ degan.

Qatliom Pir Sulton Abdal madaniyat jamiyati tomonidan uyushtirilgan Pir Sulton Abdal festivallari doirasida koʻplab sanʼatkorlar va ziyolilar oʻsha paytdagi Sivas gubernatori Ahmet Karabilginning maxsus mehmoni sifatida Sivasga kelishdi. Madaniyat markazi ichida qarama-qarshi guruh bilan kelib chiqqan tosh va tayoqlar bilan toʻqnashuv kuchayib ketmay turib politsiya tomonidan kuch bilan bostirildi.

Aziz Nesin tomonidan "Nega ming yillik Qur’onga ishonishim kerak? Shuning uchun men musulmon emasman" deya aytilgan soʻzlar gazetalarda aks-sado berib, voqeani yanada jadallashtirib, keskinlikni kuchaytirdi. Minglab odamlardan iborat muxolif guruh Madaniyat markazini tark etib, Hukumat maydoniga qaytib keldi. Hukumat saroyini toshboʻron qilib, shiorlar ayta boshlagan hujumchilar, soʻng Madimak mehmonxonasi yaqiniga yetib, „Shayton Aziz!“, „Sivas Azizning qabri boʻladi!“ shiorlari bilan shovqin koʻtarishda davom etdi. Bu kabi soʻzlardan soʻng davlat va rejimga qaratilgan „Dunyoviylik laʼnat boʻlsin!“, „Musulmon Turkiya!“, „Yashasin shariat!“ shiorlari yangradi.

Olomon dastlab Madimak mehmonxonasi oldidagi mashinalarga oʻt qoʻydi va mehmonxonani toshboʻron qildi. Mehmonxonadagilar qutqarilishni kutishgan. Hujumchilar hali Madimak mehmonxonasini yoqib yubormagan vaqtdayoq Aziz Nesin Anqaraga, Bosh vazir oʻrinbosari Erdal İnönüga qoʻngʻiroq qilib, „Bizni qutqaring“ deb yordam soʻradi. Inönü esa „Xavotir olmang, kerakli chora-tadbirlarni boshladik“ deb javob berdi. Ammo keyinroq Madimak mehmonxonasi pardalar va pastki qavatidagi buyumlari bilan birga yondirilgan. Hujumchilardan baʼzilari „Allohim, bu sening oloving! Ichkariga yubor!“, „Bu doʻzax olovi!“, „Shayton Aziz!“ deganiga guvoh boʻlindi. Uzoq kutish sabab qarshi choralar koʻrilmagani tufayli mehmonxonadagi odamlarni qutqarib boʻlmadi. Oralarida Asım Bezirci, Nesimi Çimen, Muhlis Akarsu, Metin Altıok ve Hasret Gültekin boʻlgan mehmonxonada qoʻnim topganlarning 35 nafari tutundan yonib yoki boʻgʻilib hayotdan koʻz yumdi. 51 kishi, jumladan Aziz Nesin ham, oʻz harakatlari bilan ogʻir tan jarohatlari olib qutulib qolgan. Oʻt oʻchiruvchi narvoni bilan yong‘indan qochmoqchi boʻlgan Aziz Nesin zinapoyadagi ofitser tomonidan kaltaklangan hamda zinapoyadan oʻt oʻchiruvchi mashina atrofida toʻplangan tajovuzkor olomon tomon itarilgan. Politsiya aralashuvi bilan boshidan yaralangan Aziz Nesin linchga urinishdan qutqarib qolindi. Jarohatlanganlar politsiya mashinalarida tibbiyot fakulteti kasalxonasiga yetkazilgan.

Qatliom va tartibsizliklar natijasida 33 mehmon, 2 mehmonxona xodimi va 2 hujum qatnashchisi oʻldi. Kechasi mahalliy hukumat tomonidan eʼlon qilingan „2 kunlik komendantlik tartibi“ bilan harbiylar shaharda hukmronlik qildi.

Iddaolardan biriga koʻra, Sivas qatliomi Maxsus kuchlar tomonidan rejalashtirilgan. Qurbonlar Festival qatnashchilari Muhlis Akarsu - 45 yoshda, sanʼatkor Muhibe Akarsu - 44 yoshda, Muhlis Akarsuning rafiqasi Gülender Akça - 25 yoshda Metin Altıok - 53 yoshda, shoir, yozuvchi, faylasuf Mehmet Atay - 25 yoshda, jurnalist, fotograf sanatçısı Sehergül Ateş - 30 yoshda Behçet Sefa Aysan - 44 yoshda, shoir Erdal Ayrancı - 35 yoshda Asım Bezirci - 66 yoshda, tadqiqotchi, yozuvchi Belkıs Çakır - 18 yoshda Serpil Canik - 19 yoshda Muammer Çiçek - 26 yoshda, aktyor Nesimi Çimen - 62 yoshda, shoir, sanʼatkor Carina Cuanna Thuijs - 23 yoshda, niderlandiyalik akademik Serkan Doğan - 19 yoshda Hasret Gültekin - 22 yoshda, shoir, sanʼatkor Murat Gündüz - 22 yoshda Gülsüm Karababa - 22 yoshda Uğur Kaynar - 37 yoshda, shoir Asaf Koçak - 35 yoshda, karikaturachi Koray Kaya - 12 yoshda Menekşe Kaya - 15 yoshda Handan Metin - 20 yoshda Sait Metin - 23 yoshda Huriye Özkan - 22 yoshda Yeşim Özkan - 20 yoshda Ahmet Özyurt - 21 yoshda Nurcan Şahin - 18 yoshda Özlem Şahin - 17 yoshda Asuman Sivri - 16 yoshda Yasemin Sivri - 19 yoshda Edibe Sulari - 40 yoshda, sanʼatkor İnci Türk - 22 yoshda, Gazi universiteti Farmatsevtika fakulteti talabasi Mehmonxona xodimlari Ahmet Öztürk - 21 yoshda Kenan Yılmaz - 21 yoshda Qatliom ishtirokchilari Ahmet Turan Kılıç Hakan Türkgil Ahmet Alan Qoʻzgʻolondan keyingi voqealar Bayonotlar Oʻsha vaqtdagi prezident Süleyman Demirel qirgʻinni Manbalar

Turkum:Turkiya tarixi Turkum:Turkiyadagi qoʻzgʻolonlar