Serap Özçelik Arapoğlu (1988-yil 18-fevralda tugʻilgan) — turkiyalik karatechi, kumite boʻyicha 50—53 kilogramm vazn toifalarigi musobaqalarda ishtirok etadi. 2014-yilgi jahon chempioni. 2011, 2012 va 2014-yillarda Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.

Serap Özçelik 2000-yilda Istanbulning Eyüp shahrida karate bilan shugʻullana boshlagan va 2005-yilda terma jamoa safiga chaqirilgan. Anqaradagi EGO sport klubi aʼzosi. Özçelik Istanbulning Kağıthane shahridagi Yaşar Doğu nomli boshlangʻich maktabida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.

2013-yilda Kolumbiyaning Kali shahrida boʻlib oʻtgan jahon oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 kg vazn toifasidagi kumite bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finalda Serap Özçelik Arapoğlu fransiyalik Alexandra Recchiani magʻlub etgan.

2014-yilda Germaniyaning Bremen shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatining finalida Serap Özçelik Kelib chiqishi turkiyalik boʻlgan, Germaniya sharafini himoya qilgan Duygu Buğur bilan toʻqnash kelgan va 6-1 hisobida magʻlub etib, kumite yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2019-yilning 19-may kuni maktab oʻquvchilari va Serap Özçelik oʻrtasida davra suhbati tashkil etilgan. Shu suhbatda sportchi 2017 va 2018-yilda jahonning eng yaxshi karatechisiga topshiriladigan Grand Winner mukofotini qoʻlga kiritganligi haqida aytib oʻtgan.

2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Turkiya sharafini himoya qilgan. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan.

Jazoirning Oran shahrida boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Oʻrta yer dengizi oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 50 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan.

Izpaniyaning Guadalajara shahrida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha Yevropa chempionatining 50 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Pollshada boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan. Manbalar

Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyalik karatechilar