2010-yilning 10-aprelida Polsha harbiy-havo kuchlarining 101-reysini amalga oshirayotgan Tupolev Tu-154 samolyoti Rossiyaning Smolensk shahri yaqinida qulab tushadi, samalyot bortidagi 96 kishining barchasi halok boʻladi. Qurbonlar orasida Polsha prezidenti Lex Kachinski va uning rafiqasi Maria Kaczyńska, Polshaning sobiq prezidenti Rishard Kachorovski, Polsha Bosh shtab boshligʻi va boshqa yuqori martabali Polsha harbiy ofitserlari, Polsha Milliy banki prezidenti, Polsha hukumati amaldorlari, Polsha parlamentining 18 nafar aʼzosi, Polsha ruhoniylarining yuqori martabali vakillari va Katin qatliomi qurbonlarining qarindoshlari boʻlgan. Samalyot Varshavadan Smolenskka tomon qirgʻinning 70 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilinayotgan tadbirda qatnashish uchun ketayotgan boʻlgan.
Uchuvchilar Smolensk shimoliy aeroporti – sobiq harbiy aviabazaga qoʻnishga harakat qilishgan. Koʻrish masofasi 500 metrgacha qisqarganligi sababli samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagi yaqinidagi oʻrmonli hududda daraxtlarga urilib, yerga qulab tushgan.
Rossiya va Polsha rasmiy tekshiruvlari samolyotda texnik nosozliklarni aniqlamagan va ekipaj xalokatiga ob-havo sharoiti sabab boʻlmagan, degan xulosaga kelgan. Polsha hukumati harbiy havo kuchlari boʻlinmasini tashkil etish va tayyorlashda jiddiy kamchiliklarni aniqlanganligi sababli tarqatib yuborilgan. Polsha harbiylarining bir qancha yuqori martabali xodimlari siyosatchilar va ommaviy axborot vositalarining bosimidan soʻng isteʼfoga chiqarilgan.
Samolyot rossiyaliklar tomonidan siyosiy suiqasd sifatida ataylab urib tushirilgani, 2011-yilgi tergovlar yashirin boʻlgani va oʻsha paytdagi Polsha hukumati, birinchi navbatda, Fuqarolik platformasi tomonidan nazorat qilingani haqida turli xil fitna nazariyalari tarqaladi. Fuqarolik platformasi Lex Kachinskiyning Qonun va Adolat partiyasidan farqli oʻlaroq – bu fitnada ishtirok etgan yoki undan xabardor boʻlgan, yoki hech boʻlmaganda qotilni yashirish harakatlarida yordam berganligi aniqlangan. Ushbu fitna nazariyalari muntazam ravishda Qonun va Adolat partiyasi tomonidan, xususan, partiya rahbari Jarosław Kaczyński (Lex Kachinskining egizak ukasi) va partiya rahbari oʻrinbosari Antoni Macerevich tomonidan targʻib qilingan. Macierewicz raisligida falokat boʻyicha yangi tergov harakatlari boshlanadi. Uning 2022-yilgi xulosasida rus fitnasi daʼvo qilingan edi.
Tarixi Parvoz maqsadi Parvozning maqsadi Polshaning koʻplab yuqori martabali amaldorlarini Ikkinchi Jahon urushi paytida Sovetlar tomonidan Polsha ziyolilari, siyosatchilari va harbiy ofitserlari ommaviy oʻldirilgan Katin qatliomining 70 yilligiga bagʻishlangan marosimlarga olib borish boʻlgan. Qotillik joyi Smolenskdan taxminan 19 km (12 milya) gʻarbda joylashgan. Hudud ancha uzoq boʻlib, yaqinida Smolenskdan boshqa shahar yoʻq. Hududda ikkita aeroport mavjud: voqea sodir boʻlgan Smolensk shimoliy aeroporti va Smolensk janubiy aeroporti.
Samalyot Samolyot Polsha Harbiy-havo kuchlarining 36-maxsus aviatsiya polkiga tegishli (Siły Powietrzne) Tupolev Tu-154M samolyoti boʻlib, samalyot raqami – 101. 1990-yilda Kuybishev aviatsiya zavodida 90A837 raqami ostida yigʻilgan. Samalyot ilk bor 1990-yilning 21-iyunida parvoz qilgan. Tu-154Mning xizmat qilish muddati 25 yildan ortiq (= 30 000 soat yoki 15 000 siklga teng). Undagi uchta Solovyov D-30KU-154 dvigatellari 11 100 sikl yoki 24 000 soat vaqt xizmat koʻrsata olar edi.
Manbalar
Turkum:Aviahalokatlar