Barbora Mokošová (10-mart 1997-yil) - slovakiyalik sportchi. Sport gimnastikasi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. 2020-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan va Slovakiya tarixidagi shu sport turidan Yevropa chempionatlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi sportchiga aylangan. 2016 va 2020-yilgi olimpiya oʻyinlarida Slovakiya sharafini himoya qilgan. Turli balandlikdagi bryuslarda mashq bajarish boʻyicha ikki karra jahon chempioni.
Bolaligi Mokošová 1997-yil 10-mart kuni Bratislavada tugʻilgan. Onasi murabbiy boʻlganligi sababli toʻrt yoshida gimnastika bilan shugʻullana boshlagan.
Faoliyati Mokošová 2012-yilda jamoalar oʻrtasidagi Avstriya ochiq chempionatida ishtirok etgan. Slovakiya jamoasi bilan birgalikda oʻninchi va yakka tartibdagi musobaqada yigirma beshinchi oʻrinni egallagan. Faoliyatidagi ilk yirik xalqaro musobaqa 2012-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati boʻlgan. Bu musobaqaning saralash bosqichida oʻttiz yettinchi oʻrinni egallagan.
2013 Mokošová 2013-yilda kattalar oʻrtasidagi musobaqalarning yosh talabiga (ishtirok etish uchun minimal yosh chegarasi) toʻliq javob berganligi bois kattalar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnasha boshlagan. Cottbusdagi jahon chempionatida kattalar oʻrtasidagi debyutini amalga oshirgan. Ammo hech qaysi mashq boʻyicha finalgacha yetib bora olmagan. Moskvada oʻtkazilgan Yevropa chempionatining kvalifikatsiya raundida 38-oʻrinni egallagan. Shundan soʻng Lyublyanadagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Ammo bu safar ham hech qaysi mashq boʻyicha finalchilar qatoriga kirishga muvaffaq boʻla olmagan. Slovakiyaning Trnava shahrida oʻtkazilgan Gimnaziya Festivalida umumiy hisobda bronza medal egasiga aylangan. Mazkur musobaqada oltin medalni oʻzbekistonlik Oksana Chusovitina va kumush medalni Anna Pavlova qoʻlga kiritgan. Musobaqaning final bosqichida Turli balandlikdagi bryuslarda oltin medal va pol (gimnastikada mashqlar bajariladigan (Maxsus gilam toʻshalgan maydon) mashqlarida bronza medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, tayanib sakrash bahslarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Vengriyadagi Grand Prix musobaqasida polda bajariladigan mashq boʻyicha beshinchi oʻrinni egallagan. U Osijek Challenge Cup musobqasida ishtirok etgan. Ammo bu ishtiroki muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Barboraning mavsumdagi oxirgi musobaqasi jahon chempionati boʻlgan. Jami 50.999 ball toʻplab, oʻttiz toʻqqizinchi oʻrinni egallagan. Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar