Ionuț Aleksandru Dobroiu (1988-yil 24-fevral; Ruminiya) — ruminiyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2011-yilda faoliyatini yakunlagan.

Faoliyati Ionuț Dobroiu 1988-yil 24-fevralda Buxarestda tugʻilgan. Dastlab yengil atletika sport turi bilan shugʻullangan. 7 yoshida mashgʻulotlarni boshlagan. Ruminiyada yoshlar oʻrtasidagi nufuzli milliy musobaqalarda gʻolib boʻlgan.

Ionuț Aleksandru futboldagi faoiyatini „Rapid Buxarest“ klubida boshlagan va 2007-yil 12-avgustda futbol boʻyicha Ruminiya chempionatida debyut qilgan. Shu kuni bosh murabbiy Cristiano Bergodi qaroriga koʻra „Universitatea Cluj“ ga qarshi oʻtkazilgan safar oʻyinida ishtirok etgan va unda poytaxt klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. 2018-yilda Rapid-U21 jamoasi safida 3 ta, Rapid klubining asosiy jamoasi tarkibida esa 9 ta oʻyinda maydonga tushgan. Dobroiu Ruminiya chempionatidagi yagona golini „U Craiova 1948“ jamoasi darvozasiga kiritgan. Bu bahsda Rapid 2:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Oʻyin uslubi Ionuț Aleksandru Dobroiu oʻzining tezligi bilan boshqalardan ajralib turgan. 50 metr masofani 5,2 soniyada bosib oʻta olgan. Shuningdek, mazkur futbolchi qoʻpol va tartibsiz xatti-harakatlari bilan ham boshqa futbolchilardan yaqqol ajralib turgan.

Qonun bilan bogʻliq muammolar 2018-yilda Ionuț Dobroiu katta miqdorda giyohvand moddalarni sotish, uyushgan jinoiy guruh tuzish, giyohvand moddalarni katta miqdorda saqlash va ishlatish bilan ayblanib, uch yil-u 11 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazo muddatini Raxova qamoqxonasida oʻtagan. U bilan bir kamerada sobiq futbolchi Răzvan Pădurețu va Politehnica Timișoara klubining sobiq egasi Marian Iancu ham boʻlgan. Ionuț ikki yil-u toʻrt oydan soʻngqamoqdan ozod qilingan.

Manbalar

Turkum:Ruminiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:24-fevralda tugʻilganlar