Olena Dmitriyevna Kostevich (; 1985-yil 14-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sportchi. Toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha Ukraina sharafini himoya qiladi. 10 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 2004-yilgi olimpiya chempioni, 10 metrlik (2002-yil) va 25 metrlik (2018-yil) masofalar pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempioni. Koʻp karra Yevropa chempioni va sovrindori. Universiada chempioni.
Shaxsiy hayoti Kostevich Xabarovsk (Sovet Ittifoqi, Rossiya SFSR) shahrida tugʻilgan. Ona shahri boʻlgan Chernigovga koʻchib oʻtgan. Chernigov davlat texnologiya universitetida tahsil olgan.
Faoliyati Kostevich Ukraina sharafini himoya qiladi. 17 yoshida (2002-yil) pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda jaahon kubogi finalida gʻalaba qozongan. 2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida 25 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 26-oʻrinni va 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 31-oʻrinni egallagan. Uning Ukrainadagi rekordi (394 ochko) jahon rekordidan bir ochkoga koʻproq.
2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Kostevich 10 metrga pnevmatik toʻpponcha va 25 metrga sport toʻpponchasidan oʻq otish musobaqalarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida sovrindorlar qatoriga kira olmagan.
2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida (Tokio, 2021-yil 25-iyul) 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish musobaqasida 4-oʻrinni egallagan; 2021-yil 27-iyul kuni Olena Kostevich va Oleg Omelchuk oʻn metrli masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan. Manbalar
Turkum:Ukrain millatiga mansub rus xalqi Turkum:2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar