Cordelia Caroline Sherman (Tokio, Yaponiya, 1951-yilda tugʻilgan), kasbiy ravishda Delia Sherman deb tanilgan, amerikalik fentezi yozuvchisi va muharrir. Uning „The Porcelain Dove“ romani Mythopoeic Fantasy Awardga sazovor boʻldi.

Bolaligi Sherman Nyu-Yorkdagi The Chapin Schoolda oʻqigan. U 1972-yilda Vassar Collegeda bakalavrni, 1975-yilda Brown universiteti Master of Artsni va 1981-yilda Brown universitetida Falsafa fanlari doktorini olgan. U 1978-yildan 1987-yilgacha va yana 1989-yildan 1992-yilgacha Boston universitetida professor va 1988-yildan 1989-yilgacha Nyu-York Womenʼs Review of Books, the New York Review of Science Fiction, va Science Fiction and Fantasy Review Annualda maʼruzachi boʻlib ishlagan. 1996-yildan 2004-yilgacha Tor Booksda maslahatchi muharrir boʻlib, 1993-yildan boshlab toʻla vaqtli yozuvchi, oʻqituvchi va maʼruzachi boʻlgan.

U Hollins College Childrenʼs Literature Programni oʻqitgan; va Clarion Science Fiction Writer’s Workshop, the WisCon Writing Workshop, the Odyssey Fantasy Writing Workshop va the Alpha Teen Writing Workshopda koʻrsatma bergan. U 2001-yilda Virginia Highlands Festival Creative Writing Daysda mehmon muallif boʻlgan.

Romanlar Uning kattalar uchun hamma uchta romani Fantasy of Manners subjanrdan:

Through a Brazen Mirror (1988) The Porcelain Dove (1993) The Fall of the Kings (2002) (Ellen Kushner bilan)

Changeling (2006) va uning davomi The Magic Mirror of the Mermaid Queen (2009) yosh oʻquvchilar uchun yozilgan fentezi sarguzashtlat edi. Ular „New York Between“ da oʻtkaziladi, u turli qisqa hikoyalarda kashf etgan dunyo.

1960 va 1860-yillarda Luiziananing oʻzida joylashgan „The Freedom Maze“ (2011), — bu qullik, jasorat, ayollik va oilaviy aloqalar mavzusini oʻrganish uchun vaqt sayohatining qurilmasini ishlatadigan yoshlar uchun fentezi romani. Roman 2012-yilda Prometheus Award va Andre Norton Awardiga sazovor boʻldi.

Uning „The Evil Wizard Smallbone“ (2016) romani Andre Norton Awardga nomzod boʻldi.

Boshqa ishlari Sherman „The Horns of Elfland“ fentezi antologiya (Ellen Kushner va Donald G. Keller bilan) va „The Essential Bordertown“ ning (Terri Windling bilan) hamkor muharriridir.

Kushner va boshqalar bilan birgalikda u Interstitial art harakati bilan faol shugʻullanadi. U Interstitial Arts Foundationning asoschisi (va birinchi prezidenti) edi. U shuningdek, Endicott Studio aʼzosi. Kushner bilan birgalikda u 2007-yilda San-Diego shahridagi Clarion Workshop-da instructor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti U Nyu-Yorkda xotini va bir vaqtlar hamkor boʻlgan Ellen Kushner bilan yashaydi. Ular 1996-yilda turmush qurishdi.

Bibliografiya

Romanlar

Through a Brazen Mirror (Ace, 1988; Circlet Press, 1989) The Porcelain Dove (Dutton, 1993; Plume, 1994) The Fall of the Kings (Bantam Books, 2002) (Ellen Kushner bilan) Changeling (Viking/Penguin, 2006) The Magic Mirror of the Mermaid Queen (Viking/Penguin, 2009) The Freedom Maze (Big Mouth House, 2011; Candlewick Press, 2014; Editions Hélium, 2014; Constable & Robinson, 2015) — erkin ilmiy fantastika uchun Prometheus Award va Andre Norton Award The Evil Wizard Smallbone (Candlewick Press, 2016) — Andre Norton Awardiga nomzod

Toʻplamlar

Young Woman in a Garden and Other Stories (Small Beer Press, 2015)

Tahrirlangan

The Horns of Elfland (Roc, 1997) (Ellen Kushner va Don Keller bilan) Sherman, Delia; Windling, Terri, tahrirlangan (1998). The Essential Bordertown : A Traveller’s Guide to the Edge of Faerie. Interfictions (IAF Press, 2007) (Theodora Goss bilan)

Interfictions Zero (interstitialarts.org, 2010-12) (Helen Pilinovsky bilan) Interfictions Online: A Magazine of Interstitial Art (Executive Editor, 2013-yil).

Mukofotlar va nominatsiyalar

Andre Norton Awardni nomzodi, 2017 Andre Norton Award, 2012 Prometheus Award, 2012 World Fantasy Awardni nomzodi, 1999, 2001, 2006 Mythopoeic Awards fentezi uchun, 1994, 2012 1989-yilgi John W. Campbell Award for Best New Writer finalchisi.

Manbalar

Turkum:Amerikalik ayol yozuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik yozuvchilar