Kira Grünberg (; 1993-yil 13-avgust, Insbruk, Avstriya) — avstriyalik langarchoʻp bilan sakrash boʻyicha sportchi, olti karra Avstriya chempioni — uch karra ochiq joyda (2012, 2013, 2014) va uch karra yopiq joyda (2013, 2014, 2015), Avstriya milliy rekordchisi. Avstriya Milliy kengashi aʼzosi (2017-yildan). Biografiyasi va faoliyati Kira Grünberg 1993-yil 13-avgustda Avstriyaning Insbruk shahrida tugʻilgan. Uning opasi Brit (1991-yilda tugʻilgan) disk uloqtirish sporti bilan shugʻullangan.
Kira xalqaro musobaqalardagi debyutini 2009-yilda Bressanoneda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻtkazgan va chempionatda 10-oʻrinni egallaydi. Faoliyatidagi eng yaxshi natijasi 2015-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida musobaqasi boʻlib, rekord oʻrnatib, gʻolib boʻlgan. 2012-yildan 2015-yilgacha Avstriya quruqlikdagi kuchlarida harbiy xizmat qilgan boʻlib, kapral darajasiga koʻtarilgan. Kira Gryunberg langarchoʻp bilan sakrash boʻyicha Avstriya chemponatining bir qancha jumladan U16 (3,72 m), U18 (4,01 m), U20 (4,15 m) va U23 (4,45 m) oʻyinlarida milliy rekordlarini oʻrnatgan.
2015-yilning 30-iyulida Insbrukdagi mashgʻulot chogʻida sakrashni amalga oshirgandan soʻng, Kira boshi va boʻyni bilan gilam yoniga muvaffaqiyatsiz tushadi. Natijada boʻyin umurtqalari eziladi. Insbruk tibbiyot universitetida bir necha soatlik jarrohlik amaliyotidan soʻng jarrohlar Kiraning paraplegiyasi borligi, uning tanasi beshinchi umurtqa pogʻonasi ostida falaj boʻlib qolganligi va sportchilik faoliyatini bundan keyin davom ettirishi mumkin emasligini maʼlum qilishadi. Oʻshandan boshlab sportchi nogironlar aravachasiga harakatlanadi, boshi va qoʻllarining harakatchanligini saqlab qolingan. Hozirda Kematen in Tirol shahrida yashaydi.
2017-yilda parlament saylovlaridan soʻng Kira Avstriya Xalq partiyasidan oʻninchi vakili etib saylangan. 2017-yil 9-noyabrda Avstriya Milliy kengashi deputati boʻladi.
Asosiy natijalari YilMusobaqaOʻtkazilgan joyiOʻrinNatija2009Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiBressanone, Italiya103,80 mYevropa oʻsmirlari olimpiya festivaliTampere, Finlyandiya53,65 m2010Oʻsmirlar oʻratsidagi jahon chempionatiMonkton, Kanada15 (q)3,85 mYozgi oʻsmirlar olimpiya oʻyinlariSingapur53,90 m2011Oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiTallin, Estoniya18 (q)3,90 m2012Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatiBarselona, Ispaniya44,15 m2013Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiTampere, Finlandiya104,15 m2014Yevropa chempionatiSyurix, Shveysariya114,45 m2015Yevropa chempionatiPraga, Chexiya16 (q)4,30 mYevropa oʻyinlariBoku, Ozarbayjon4,35 mYoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatiTallin, Estoniya44,25 m
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:13-avgustda tugʻilganlar