Oļegs Karavajevs (1961-yil 13-fevral — 2020-yil 6-oktyabr) — latviyalik professional futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. U 1990-yillarda Latviya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan darvozabon boʻlgan.
Klub faoliyati Barnaulda tugʻilgan. Karavajevsning birinchi klubi Qirgʻizistonning "Alga Frunze" (oʻsha paytda hali Sovet Ittifoqi tarkibida) boʻlib, Karavajevs 1979-yilda 18 ta oʻyin oʻtkazgan. Karavajevs 1981-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida qisqa qisqa muddat faoliyat olib borgan va asosiy jamoa tarkibida maydongga tushmagan. Keyinchalik Alga jamoasiga qaytib, 1984-yilgacha „Frunze“ jamoasida qolgan. Keyinchalik "Qayrat" jamoasida ham qisqa muddat oʻynagan ammo Karavajevs 1985-yilda „SKA Xabarovsk“ klubiga oʻtib, SSSR Birinchi Ligasida jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. SKA bilan ikki mavsum davomida 88 oʻyin oʻtkazgan. 1987-yilda Daugava Riga jamoasiga oʻtishga taklif qilingan va u yerda Aleksandr Kulakovsdan birinchi raqamli darvozabon oʻrnini tortib olgan.
1987-yilda „Daugava“ jamoasi Karavajevsning muntazam yaxshi oʻyinlari bilan deyarli Sovet oliy ligasiga chiqishga muvaffaq boʻldi, ammo 1988-yilda klubning oʻyini pasayib ketdi va Karavajevs Valeri Shantalosov bilan oʻz pozitsiyasi uchun kurash olib borishga majbur boʻlganKaravajevs statistics in Soviet leagues.
1988-yilda Karavajevs „Daugava“ jamoasidan Fakel Voronej klubiga oʻtgan. Ikki mavsum davomida u Fakelning eng yaxshi darvozaboni boʻlgan. Keyinchalik chet elga ketgan va Serbiyaning OFK Belgrad klubiga qoʻshilgan. Oʻsha davrda Yugoslaviya Birinchi ligasida oʻynagan. Yugoslaviyada oʻynab yurganida uning ismi yozilgan va Oleg Karavajev deb atalgan.
Keyingi davrda Karavajevs Kiprga keldi va u yerda 1993/1994-yillarda Evagoras Pafos jamoasida oʻynagan. U yerdan uning qadamlari Germaniyadagi Carl Zeiss Jena va FSV Zwickauga olib keldi.
Xalqaro martaba Hammasi boʻlib 1992-yildan 1999-yilgacha Karavajevs Latviya terma jamoasi safida 38 ta oʻyin oʻtkazgan. U hech qachon Latviya terma jamoasining 100% birinchi darvozaboni boʻlmagan, chunki u 1990-yillarda Latviya terma jamoasining tayanch klubi boʻlgan Skonto FCda oʻynagan Raymonds Layzans timsolida juda kuchli raqibga ega edi. Karavajevs Latviya terma jamoasi safida bir qancha tarixiy oʻyinlarda qatnashgan. Oʻsha davrda u Yevro-1992 gʻolibi Daniya va Yevropaning eng kuchli terma jamoalaridan biri Ispaniyaga qarshi durang oʻynagan. U Latviya terma jamoasi safida 1999-yilda Gretsiya va Albaniyaga qarshi ikkita golsiz durang oʻynagan.
Vafoti Karavajevs 2020-yil 6-oktyabrda Germaniyada 59 yoshida vafot etdilar.
Manbalar
Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Latviyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC SKA-Khabarovsk futbolchilari Turkum:FC Daugava Riga futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:OFK Beograd futbolchilari Turkum:AEP Paphos FC futbolchilari Turkum:FC Carl Zeiss Jena futbolchilari Turkum:FSV Zwickau futbolchilari Turkum:Skonto FC futbolchilari Turkum:FK Rīga futbolchilari Turkum:Evagoras Paphos futbolchilari Turkum:Sovet Ittifoqilik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Yugoslaviyadagi muhojir erkak futbolchilar
Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar