Mehboba Ahdyor, 1989-yilda Kobulda tugʻilgan„Athletes > Mehboba Ahdyar > Bio“ , NBC — afgʻon sportchisi. U 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Afgʻonistonni himoya qiladigan yagona ayol boʻlishi kerak edi va u yerda ayollar oʻrtasida 1500 metr va 3000 metrga yugurish boʻyicha yengil atletika boʻyicha qatnashishni rejalashtirgan edi„Afghan Womanʼs Olympic Dream“, National Geographic, March 17, 2008.
Ahdyarning oilasi Kobulning eng kambagʻal hududlaridan biridan gʻishtdan qurilgan oddiy uyda juda nochor holda kun kechirishgan„Afghan Woman Runs Toward Olympics Despite Jeers, Potential Danger“ , Associated Press, March 16, 2008. Keyinchalik xabar qilinishicha, Mehboba 1500 metrga taxminan 4 daqiqa:50 soniya vaqtda yetib kelgan. Ahdyor Afgʻonistondagi musobaqalarda gʻolib chiqqan, ammo Olimpiada uning vatanidan tashqaridagi ilk musobaqasi boʻlishi kerak edi. Biroq, u musobaqalarda qatnashmagan chunki Olimpiada oldidan, 2008-yil 4-iyun kuni Ahdyar, oʻziga siyosiy boshpana soʻrash uchun Italiyaning Formia shahridagi mashgʻulotlardan gʻoyib boʻlgan. Keyin uning qayerdaligi nomaʼlum boʻlganWhere Is the Afghan Female Runner? TIME, 2008-06-09. 2008-yil 10-iyulda u boshpana izlash uchun Norvegiyaga ketayotgani maʼlum boʻlganFears ease after missing Afghan athlete found , TimesOnline, July 10, 2008.
Afgʻonistonning Qoʻshma Shtatlardagi elchixonasi maʼlum qilishicha, u Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrayotganida Ahdyor „konservativ qoʻshnilarining har kuni masxara qilishlari, uning feʼl-atvori haqidagi shafqatsiz mish-mishlar va hatto ekstremistlar tomonidan oʻlim tahdidlariga duchor boʻlgan“ va shu sababli olimpiadaga qatnashmasdan musobaqani tark etgan.
Mehboba Ahdyor Xitoyda boʻlib oʻtadigan olimpiada oʻyinlari davomida musulmon roʻmolini kiyishni rejalashtirgan: „Xitoyda boʻlib oʻtadigan musobaqalarda qatnashganimda roʻmolimni yechmayman, chunki bu roʻmol musulmon ayollarining ramzi hisoblanadi“ deb olimpiada oldidan intervyu bergan edi.
Shuningdek
Robina Muqimyor Afgʻoniston uchun Olimpiadada qatnashgan birinchi ayol, 2004-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari yengil atletikachilari Turkum:1989-yilda tugʻilganlar