Saad Lamjarred () — marokashlik qoʻshiqchi, shoir, aktyor, raqqos va prodyuser. Uning „LM3ALLEM“ taronasi uchun ishlangan rasmiy klip YouTubeda 1 milliarddan ortiq tomosha qilingan.
Hayoti Lamjarred marokashlik klassik qoʻshiqchi Bachir Abdou va aktrisa va komediyachi Nezha Regraguilar oilasida tugʻilgan. U yoshligidanoq pianino chalishga, shuningdek, toʻrt yoshidayoq qoʻshiq aytishga juda ham qiziqqan.
Keyin Lamjarred Rabotdagi musiqa konservatoriyasida oʻqishni davom ettirdi va u yerda musiqa, sanʼat nazariyasi va raqsni oʻrgandi. U otasi bilan birgalikda koʻplab spektakllarda ishtirok etardi.
Lamjarred 2001-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtdi va bu voqeani oʻzining musiqalari uchun asosiy ilhom manbalaridan biri deb taʼkidladi.
Karyerasi 2007-yilda Lamjarred mashhur arab telekoʻrsatuvi hisoblangan Super Star loyihasining 4-mavsumida ishtirok etdi va tunislik Marwan Alidan soʻng, ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning bu koʻrsatuvdagi ishtiroki tanilishiga sabab boʻldi.
2011-yilda Lamjarred oʻzining aktyorlik karyerasini „Ahlam Nassim“ nomli Marokash serialida bosh rolni ijro etish orqali boshladi. U 2013-yilda „Wala Aalik“ nomli albomini chiqardi. Oʻsha yili u yana ikkita „Salina“ va „Enty“ nomli EPlarini ham chiqardi. Ikkinchisining bosh qoʻshigʻi „Enty“ () Lamjarredning eng katta hitlaridan biriga aylandi va unga Méditel Morocco Music Awards 2014 mukofotini olib keldi hamda MTV Europe Music Awards 2014 mukofotida Yaqin Sharqning eng yaxshi musiqasi sifatida nomzod boʻldi.
Lamjarred, shuningdek, 2014 MTV Europe Music Awards marosimida „Yaqin Sharqning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan. U 2014-yilda „Enty“ qoʻshigʻi uchun „Eng yaxshi arab qoʻshigʻi“ nominatsiyasida Murex d'Or mukofotini qoʻlga kiritdi.
Lamjarredning 2015-yilda mashhur boʻlgan „Lm3allem“ () taronasiga ishlangan videoklip premyera qilinganidan keyin uch oy ichida YouTubeda 1 milliard marta tomosha qilinib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
Oradan bir yil oʻtgach, Lamjarred „Ana Machi Sahel“ () nomli singlini chiqardi. YouTubeda oq-qora tarzda chiqarilgan videoklipda Lamjarred va oʻnlab muxlislari uyda, mashinalarda va tashqarida qoʻshiq kuylab, rasm tushayotgan boʻladi. Lamjarredning Amr Rouani rejissyorligidagi videoklip hisoblangan „Ghaltana“ () ham oradan koʻp vaqt oʻtmasdan premyera qilindi.
Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, Lamjarred Parijda boʻlib oʻtgan sudda gijinsiy zoʻravonlik uchun ayblangani sababli musiqiy faoliyati qisqa vaqt ichida toʻxtab qoldi. 2017-yil avgust oyida u „Let Go“ nomli taronasi bilan qaytdi. Bu qoʻshiq tezda xitga boaylandi. Premyera qilinganidan keyin bir soat ichida YouTubeda yarim million marotaba koʻrildi. Keyinchalik esa yana bir xitlaridan biri „Ghazali“ () qoʻshigʻi chiqardi. Ushbu qoʻshiqning klipi chiqarilganidan soʻng atigi bir necha daqiqa oʻtib, har besh daqiqada oʻrtacha 50 ming marta koʻrilib, yarim milliondan ortiq tomoshaga ega boʻlgan yana bir katta xitga aylandi. „Ghazali“ taronasining muvaffaqqiyatidan soʻng u fransuz tilida kuylagan „Casablanca“ taronasini chiqardi.
2018-yil avgust oyida Lamjarred yana bir bor Saint Tropez qamoqqa olingan va musiqiy karyerasini 2018-yil dekabr oyigacha toʻxtatib turgan. U „Baddek Eih“ () deb nomlangan yana bir singlini chiqargan. Premyeradan keyin 4 soat ichida rasmiy klip YouTubeda 1 milliondan ortiq tomosha qilindi.
2019-yil iyul oyida Lamjarred misrlik aktyor va qoʻshiqchi Muhammad Ramadan bilan „Ensay“ () nomli duetni ijro etdi. Ushbu duet chiqarilganidan keyin bir oy ichida 100 milliondan ortiq tomosha qilindi.
2020-yil 10-iyun kuni Lamjarred oʻzining rasmiy YouTube kanalida 10 million obunachiga ega boʻldi va Olmos ijodkor mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi afrikalik qoʻshiqchiga aylandi. [2022-yil]] may oyida uning 2015-yilda chiqargan „Lm3allem“ singli YouTubeda milliard koʻrishdan oshib ketgan birinchi arab qoʻshigʻiga aylandi.
2023-yil iyul oyida Lamjarred hind qoʻshiqchisi Shreya Ghoshal bilan „Guli Mata“ qoʻshigʻini kuyladi.
Shaxsiy hayoti Ommaviy axborot vositalarida Lamjarred bir vaqtlar turmush qurgani va 2015-yilda ajrashganligi haqida xabarlar chiqdi.
2022-yil 11-sentabrda u biznesmen ayol Ghita El Allaki bilan unashtirilganligini eʼlon qildi va shu oyning oxirida ular turmush qurishdi.
Ayblovlari va sudlanishi 2010-yil fevral oyida AQShga tashrif buyurganida Saad Lamjarred [Bruklin]]lik (Nyu-York) bir ayolni kaltaklagan va zoʻrlaganlikda ayblangan. Lamjarred garov puli bilan AQShdan qochib ketgan va agar qaytib kelsa, hibsga olinishi xavfi bor edi. Ish 2016-yilda, ayblanuvchi prokurorlar bilan hamkorlikni toʻxtatgani va sudda kelishuvga erishilgach, toʻxtatilgan.
Lamjarred 2016-yil 25-oktabr kuni Parijning 17-okrugidagi Marriott Champs Elyseesda hibsga olingan. U fransuz ayoliga nisbatan zoʻravonlik sodir etganlikda ayblanish uchun prokuror huzuriga keltirilgan. U 2016-yil 29-oktabr kuni Parij saroyida sahnaga chiqishi kerak edi. Lamjarred 2017-yil aprel oyida ozodlikka chiqdi, ammo baribir ayblovlarga duch keldi. 2017-yil boshida unga omma oldida chiqish qilish, sayohat qilish va ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish taqiqlangan. Marokash qiroli Muhammad VI unga jarima toʻlovlarini qoplash va advokatlar yollashda yordam berdi. 2017-yilda fransuz-marokashlik ayol 2015-yilda Marokashning Casablanca shahridagi kvartirada uni zoʻrlaganlikda aybladi. Keyinchalik u oilasining bosimi ostida shikoyatini qaytarib oldi.
2018-yil 26-avgustda u Fransiyada yana bir bor zoʻrlash ayblovi bilan hibsga olindi. Ayblovlarni rad etgan Lamjarred 150 ming yevro garov evaziga qoʻyib yuborildi, ammo, Fransiyani tark eta olmadi. U bu holat yuzsidan apellyatsiya berdi. 2018-yil 18-sentabrda u Aix-en-Provence apellyatsiya sudi qarori bilan Fransiyada qamoqqa olingan. 2018-yil 20-noyabrda u zoʻrlash ayblovlaridan tozalangani, ammo „jinsiy zoʻravonlik va qasddan qilingan zoʻravonlik jinoyatlari“ uchun sudlanishi eʼlon qilindi. 2018-yil 6-dekabrda fransuz hukumati Lamjarredni shartli ravishda ozod qilgani va u sud jarayonini kutayotgani eʼlon qilindi. Uning Marokash pasporti musodara qilinib, unga Fransiyadan chiqib ketishga ruxsat berilmadi.
2018-yil dekabr oyida u jazoni oʻtab boʻlganidan keyin qamoqdan ozod qilindi. Ammo, 2019-yilning avgustigacha Fransiyani tark eta olmadi. 2019-yilning aprelida 2016-yil oktabr oyidan boshlab ishni nazorat qiluvchi sudya unga qoʻyilgan ayblovlarni qayta belgilab berib, aybdorligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi hamda ishni jinoyat ishlari boʻyicha sudga yubordi. 2019-yil 18-dekabrda u Ar-Riyodda uch yillik tanaffusdan soʻng birinchi ommaviy konsertini berdi. Konsertdan bir necha kun oldin Twitterda bir qator saudiyalik foydalanuvchilar Lamjarredning mamlakat poytaxtida boʻlib oʻtadigan konsertiga noroziligini bildirdi.
2020-yil yanvar oyida Parij apellyatsiya sudi tergov palatasi ishni jinoiy ishlar sudiga yubordi. 2020-yil aprel oyida Parij Kassatsiya sudi tergov palatasi tomonidan chiqarilgan qarorni jinoyat-protsessual kodeksiga rioya qilinmagani uchun bekor qildi va ishni jinoiy sudga qaytardi.
2023-yil 24-fevralda Parij sudi Lamjarredni Fransiya jinoyat qonunchiligiga muvofiq aybdor deb topdi va uni 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Lamjarred ayblovni rad etib, u aybdor emaligini daʼvo qildi. Jurnalist Marine DelaMoisssonierening soʻzlariga koʻra, sud Lamjarredning DNK izlari faqat jabrlanuvchining kiyimida topilganiga qaramay, penetratsiya sodir boʻlganiga ishonch hosil qilgan. Sud oʻz qarorini mehmonxonada ishlaydigan xodimlarning guvohligi bilan ham tasdiqladi. Hukm chiqarilgandan soʻng u hibsga olindi va qamoqxonaga oʻtkazildi. Keyinroq Lamjarred oʻzining aybsizligini taʼkidlab, sud qarori ustidan apellyatsiya berdi. 2023-yil aprel oyida unga vaqtinchalik ozodlik berildi.
Reaksiyalar Uchinchi ayblovdan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda „Lamjarred out“ va „masaktach“ („Men jim boʻlmayman“ degan maʼnoni anglatadigan arabcha ibora) heshteglari bilan noroziliklar boshlandi va foydalanuvchilar uning qoʻshiqlarini radiodan olib tashlashni talab qilishdi. 2M telekanali va Hit Radio birinchilardan boʻlib uning qoʻshiqlarini efirdan olib tashlashdi. 2018-yil sentabr oyida ijtimoiy tarmoqlardagi heshteglardan soʻng baʼzi Marokash ommaviy axborot vositalari Lamjarred qoʻshiqlarini translyatsiya qilishni toʻxtatdi.
2020-yildan beri Lamjarred turli darajadagi muvaffaqiyatlarga erishishgan baʼzi feministlarning tanqidiga uchradi. Bu harakatlar dastlab Misrda boshlangan. 2020-yilda Twitter va Facebook tarmoqlarida minglab misrliklar Saad Lamjarredning Qohirada oʻtkazilishi rejalashtirilgan konsertini bekor qilishni talab qilishdi. Bu ishlardan soʻng uning 2020-yil dekabr oyidagi kontserti va 2021-yilda Misrning Sahranin tok-shousidagi chiqishi bekor qilindi. Biroq uning 2022-yil dekabrdagi konserti unga qarshi ommaviy qarshiliklarga qaramay bekor qilinmadi.
2022-yilda ham xuddi shunday noroziliklar Misr, Iroq va Livanda davom ettirildi.
Diskografiyasi Albomi Albom Albomga kiritilgan taronalar Wala Aalik () (2013)
Singllari 2009-yil — „Waadini“ () 2012-yil — „Salina Salina“ () 2014-yil — „Enty“ () 2015-yil — „Lm3allem“ () 2016-yil — „Ana Machi Sahel“ () 2016-yil — „Ghaltana“ () 2017-yil — „Let Go“ 2018-yil — „Ghazali“ () 2018-yil — „Ya Allah“ () 2018-yil — „Casablanca“ 2018-yil — „Baddek Eih“ () 2019-yil — „Njibek“ () 2019-yil — „Ykhalik Lili“ () 2019-yil — „Salam“ () 2019-yil — „Daba Tzian“ () 2020-yil — „Adda Elkalam“ () 2021-yil — „Lghadi Wehdou“ () 2021-yil — „Nadi Ya Allah“ () 2022-yil — „Ya Ayouni“ () 2022-yil — „Altawbah“ () 2022-yil — „Ma Ahla Lmakan“ () 2022-yil — „Alacheq Alhayem“ () 2022-yil — „El Halaʼ“ () 2023-yil — „Ach Khbarek“ () 2023-yil — „Nour Elsobh“ ()
Duetlari 2012-yil — „Aziz W Ghali“ () (Bachir Abdou bilan) 2012-yil — „Saʼaa Saaida“ () (Sofia Mountassir bilan) 2014-yil — „Wana Maʼak“ () (Asma Lamnawar bilan) 2014-yil — „Ya Ensan“ () (Salah Alkurdi bilan) 2019-yil — „Ensay“ () (Mohamed Ramadan bilan) 2020-yil — „Asef Habibi“ () (Fnaïre bilan) 2020-yil — „Chidde W Betzul“ () (Salah Kurdi bilan)) 2020-yil — „Bab Alrajaa“ () (Mohamed Reda bilan) 2021-yil — „Lewjah Tani“ () (Zouhair Bahaoui bilan) 2021-yil — „Sahra Sabahi“ () (RedOne va Saber Rebaï bilan) 2021-yil — „Enty Hayaty“ () (Calema bilan) 2022-yil — „Min Awel Dekika“ () (Elissa bilan) 2022-yil — „Viva El Rey Habibna“ () (Nicolas Reyes bilan) 2023-yil — „Guli Mata“ (Shreya Ghoshal bilan) 2024-yil — „3Ndi Fikra“ () (Yosra Mahnouch bilan)
Chartlarga kirgan qoʻshiqlari Qoʻshiq Yil Oʻrin Albom Manba: „Min Awel Dekika“: „Ach Khbarek“: „Guli Mata“: „Min Awel Dekika“ 2022-yil 16 Albomga kiritilmagan „Ach Khbarek“ 2023-yil 9 „Guli Mata“ 2
Filmografiyasi 2012-yil — Ahlam Nassim
Mukofotlari Yil Mukofot Nominatsiya Nominant Natija 2014-yil MTV Europe Music Award Eng yaxshi qoʻshiq ENTY 2014-yil Morocco Music Awards Eng yaxshi qoʻshiq ENTY 2015-yil Murex d'or Eng yaxshi arabcha qoʻshiq ENTY 2015-yil DearGuest Award Eng yaxshi qoʻshiq Lm3allem 2016-yil Murex d'or Eng yaxshi erkak xonanda Saad Lamjarred 2016-yil Big Apple Music Awards Eng yaxshi erkak xonanda Saad Lamjarred 2016-yil MTV Africa Music Awards Tinglovchilar tanlovi Saad Lamjarred 2017-yil Anghami 100 million martadan koʻp tinglangan xonanda Saad Lamjarred 2017-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi Marokash qoʻshigʻi Ghaltana 2017-yil Arab Nation Music Awards YouTubedagi eng yaxshi videoklip Ana Machi Sahel 2017-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi arabcha qoʻshiq Ghaltana 2017-yil Murex d'or Eng yaxshi arabcha qoʻshiq Ghaltana 2017-yil Murex d'or Xalq tanlovi Saad Lamjarred 2017-yil daf BAMA Music Awards Eng yaxshi qoʻshiq LET GO 2017-yil HAPA Music Awards Eng yaxshi Afrikalik qoʻshiqchi Saad Lamjarred 2017-yil Morocco Music Awards Eng yaxshi videoklip LET GO 2018-yil Africa Music Awards Eng yaxshi Shimoliy Afrikalik qoʻshiqchi Saad Lamjarred 2018-yil Arab Nation Music Awards Eng yaxshi Shimoliy Afrikalik qoʻshiqchi LET GO
Manbalar