Izabel Martines de Peron (,1931-yil 4-fevralIsabel Peron // Encyclopædia Britannica (angl.)María Estela Perón // Brockhaus Enzyklopädie (nem.), La Rioxa) — argentinalik siyosatchi, 1974-1976-yillarda Argentina prezidenti, dunyodagi birinchi ayol prezident.
Hayoti Mariya Estela Martines Kartas () 1931-yil 4-fevralda Argentina shimoli-gʻarbidagi La-Rioxa shahrida bank xodimlari Mariya Xosefa Kartas Holgin va Karmelo Martines oilasida tugʻilganBinayán Carmona, Narciso. Maria Estela Martinez Cartas said one day: Zanga Cutiricutanga, that words were a tipic words in that years. Historia genealógica Argentina. EMECE, 1999, p.578.. 1938-yilda uning oilasi Buenos-Ayresga koʻchib oʻtdi. U yerda Mariya Estela Madaniyat institutida tahsil oldi va fransuz tili va musiqasi oʻqituvchisi boʻldi. Keyinchalik, u Servantes milliy teatrining balet truppasi tarkibida sahnada chiqishni boshladi. Oʻsha paytda qabul qilingan „Izabel“ sahna nomi ostida u yillar oʻtib siyosatga kirdi.
1955-yilda Mariya Estela Martines Kartas boʻlajak turmush oʻrtogʻi general Xuan Domingo Peron bilan uchrashgan va uning kotibi boʻlgan. Bu vaqt ichida ishdan boʻshatilgan Peron Panamada quvgʻinda yashagan, u yerda Izabel tungi klubda raqqosa boʻlib ishlagan. 1960-yilda Mariya Peron bilan Ispaniyaga koʻchib oʻtdi. Cherkov bosimi ostida Peron 1961-yilda unga turmushga chiqishga majbur boʻldi (garchi, Izabel undan 35 yosh kichik boʻlsa ham).
Peron siyosatga qaytishga qaror qilganida, Izabel tez-tez uning nomidan Janubiy Amerika va Ispaniyaning turli mamlakatlariga borib turdi va Peronistlar harakati va Peronistik tashkilotlarning harakatlarini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etdi. Bu vaqtda u bilan mistik faylasuf Xose Lopes Rega uchrashdi. U hokimiyatdan chetlatilgunga qadar unga katta taʼsir koʻrsatdi. Xotini bosimi ostida Peron Lopesni oʻzining shaxsiy kotibi etib tayinladi, keyinchalik, u vazir boʻldi. Keyinchalik, Xose Lopes Rega Argentinaning „oʻlim guruhlari“ — oʻng qanot „Argentina antikommunistik ittifoqi“ning rahbari boʻldi.
Peronning sobiq rafiqasi Eva (Evita) Perondan farqli oʻlaroq, Izabel ancha irodali va siyosatda faol rol oʻynagan.
Prezidentlik davri Peron 1973-yilda uchinchi marta Argentina prezidentligiga nomzodini qoʻyishga qaror qilgan. U oʻz xotinini vitse-prezidentlikka nomzod qilib koʻrsatdi. Saylovda gʻalaba qozonganidan koʻp oʻtmay, u Yevropa mamlakatlariga rasmiy safarga joʻnadi va Peronning oʻzi chet elga sayohat qilganida Izabel ikki marta prezident vazifasini bajardi. 1974-yil iyul oyida Xuan Peron vafot etgach, Izabel Peron avtomatik ravishda davlat rahbari boʻldi. Argentinadagi barcha yirik siyosiy partiyalar, jumladan, kommunistik partiya, kasaba uyushmalari va qurolli kuchlar rahbarlari uni qoʻllab-quvvatladilar. Xalqqa murojaatida u turmush oʻrtogʻining iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini davom ettirishga qaror qilganligini yana bir bor tasdiqladi. Uning vakolat muddati 1977-yil 25-mayda tugadi. Izabel 1974-yil 1-iyuldan 1976-yilning 24-martigacha Argentina prezidenti lavozimida ishlagan. General Xorxe Rafael Videla tomonidan uyushtirilgan davlat toʻntarishi natijasida, Izabel lavozimidan chetlashtirildi. U uy qamogʻida edi va 1981-yilda Ispaniyaga deportatsiya qilindi.
Izabel dunyodagi birinchi ayol boʻldi (garchi, u bu lavozimga saylanmagan boʻlsa-da) prezident boʻlib ishlagan va Gʻarbiy Yarimsharda respublikani boshqargan birinchi ayol edi. 2021-yil 14-fevralda Karlos Menem vafoti bilan Peron Argentinaning eng keksa sobiq prezidentiga aylandi.
Ayblovlar 2007-yil yanvar oyida Argentina 75 yoshli Izabel Peronni hibsga olish uchun order berdi. Izabel yuzlab argentinaliklarning qotili va ularni gʻoyib boʻlishida ishtirok etgan deb hisoblanadi va shuning uchun, uni ekstraditsiya qilishni talab qilishdi. Inson huquqlari tashkilotlari maʼlumotlariga koʻra, 1974-1976-yillarda mamlakatda bir yarim mingga yaqin soʻl faollar, goʻyoki Izabel Peronning shaxsiy sanksiyasi bilan harakat qilgan Argentina antikommunistik alyansi aʼzolari qoʻlidan halok boʻlgan.
2008-yilda Ispaniya Milliy sudi Buenos-Ayresning Isabel Peronni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi soʻrovini rad etib, daʼvo muddati tugagan va shuning uchun, ekstraditsiya qilish zarurati yoʻq degan qarorga kelgan.
Adabiyotlar
Skard, Torild (2014) „Isabel Péron“ in Women of Power — Half a century of female presidents and prime ministers worldwide. Bristol: Policy Press, .
Manbalar
Havolalar
Argentinaning birinchi ayol prezidenti
Turkum:1931-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayollar Turkum:Argentina prezidentlari Turkum:Argentina davlat rahbarlari