Puli oshiqon (shuningdek Puli oshuqon — „Oshiqlar koʻprigi“) — Buxoro shahri hududidan oqib oʻtuvchi qadimiy Shohrud kanali ustida qurilgan eski koʻprik. Somoniylar madaniyat va istirohat bogʻining asosiy kirish darvozasi oldida joylashgan.

Koʻprikning qurilgan davri nomaʼlum. Baʼzi bir buxoroliklar uning qurilishini Xoja Ahror (1404–1490) bilan bogʻlashgan. Shunga koʻra koʻprik XV asrda qurilgan deb taxmin qilinadi. Koʻp asrlik meʼmoriy inshoot bizgacha yetib kelgan. Lekin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilmagan.

Naql qilinishicha, koʻprikning ustun bilan boʻlingan qismlaridan birida bir avliyoning qabri boʻlgan. Bu naqlga ishonuvchilar oʻtmishda shu joyda sham (nuqcha) yoqishgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston piyodalar koʻpriklari Turkum:Buxoro meʼmoriy yodgorliklari