Majid Zokiriy (1897-yilda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik jamoat xodimi.

Hayoti va mehnat faoliyati Majid Zokiriy Samarqand shahrida ruhoniy oilasida tugʻilgan. Eski usuldagi maktab va rus-tuzem maktablarida tahsil olgan. Quyi maʼlumot egasi. Ota-onasidan ayrilgach, maʼlum muddat akasi Abdusattorxon qaramogʻida boʻladi.

1918—1934-yillarda firqa aʼzosi boʻladi. Majid Zokiriy xat-savodlik boʻlganligi sababidan hukumat tomonidan turli vazifalarga qoʻyilib, faoliyat yuritishiga imkon yaratib beriladi. U 1919-yilda harbiy hizmatda boʻladi va shu yilning oʻzida Bulungʻur tumani sholi tayyorlash shirkati raisi etib tayinlanadi. 1922-yildan Samarqand viloyat bosmachilikka qarshi kurash Favqulodda uchlik tashkilotida xodim sifatida faoliyat olib boradi. 1920—1922-yillar oraligʻida esa maorif institutida mudir boʻlib ishlaydi.

1922—1923-yillar mobaynida Samarqand „Nashri maorif“ va „Koʻmak“ uyushmalariga rahbarlik qilgan. 1924-yilda Samarqand viloyat xalq maorif boʻlimida maslahatchi sifatida ish faoliyatini yuritadi. 1926-yilda qishloq xoʻjalik soligʻi bilan shugʻullanuvchi xoʻjaliklarni hisobga olish shirkati vakili vazifasida ishlaydi.

Ayblov 1928-yilda JK.140-moddasiga muvofiq sudga tortilgan, ammo shubha va gumonlar oʻz tasdigʻini topmaganligi uchun darhol ozod qilingan. 1931-yilda Andijon, Fargʻona, Namangan va Margʻilon boʻyicha MTSlar uchun mudirlar, mudir oʻrinbosarlarini tanlash boʻyicha Oʻzbekiston firqa qoʻmitasi vakili boʻlib ishlaydi. 1932-yilda Samarqandda firqa tozalash ishlari va kadrlar masalasiga jalb etilgan. 1934-yilda „18“lar guruhi aʼzosi sifatida firqadan oʻchirilgan. Qamoqqa olingan davrgacha, 1935—1937-yillarda Urgut shahar yoʻl qurilish boʻlimi boshligʻi boʻlgan.

Oʻlimi 1937-yil 19-iyulda aksil inqilobiy harakat va „oʻn sakkizlar guruhi“ aʼzosi sifatida qamoqqa olingan va NKVD Uchligi tomonidan 1937-yil 17-dekabrda oliy jazoga hukm qilingan.

Manbalar

Turkum:Qatagʻon qurbonlari Turkum:1897-yilda tugʻilganlar Turkum:1937-yilda vafot etganlar