Andrew E. Rubin (1963-yil 13-martda tugʻilgan) — amerikalik kompyuter dasturchisi, tadbirkor va venchur kapitalist. Rubin 2003-yilda Android Inc.ga asos solgan, 2 yil oʻtib, Google uni sotib olgan; Rubin toʻqqiz yil davomida Google vitse-prezidenti boʻlib ishlagan va oʻz faoliyati davomida Google kompaniyasining mobil telefonlar va boshqa qurilmalar uchun Android operatsion tizimini yaratish va ilgari surish boʻyicha harakatlarni boshqargan. Rubin 2014-yilda jinsiy zoʻravonlik ayblovlaridan keyin Googleni tark etgan, garchi bu avvaliga ishdan boʻshatish emas, balki oʻz ixtiyori bilan ketish sifatida koʻrilgan boʻlsada. Keyin Rubin 2015-yildan 2019-yilgacha Playground Global venchur kapitali firmasining asoschisi va bosh direktori lavozimida ishlagan. Rubin 2015-yilda Essential Productsni yaratishga yordam berdi, bu uyali telefon startapi 2020-yilda xaridor topmasdan yopildi.
Rubin 1989-yilda robotlarga boʻlgan kuchli muhabbati tufayli Appleʼdagi hamkasblari tomonidan „Android“ laqabini oldi va bu taxallus oxir-oqibat Android operatsion tizimining rasmiy nomiga aylandi. Android Inc.dan oldin, Rubin 1999-yilda Danger Inc., mobil sohada faoliyat yuritishni boshlagan kompaniyani yaratishga yordam berdi; Rubin 2003-yilda Androidda ishlash uchun Dangerni tark etdi va Dangerni 2008-yilda Microsoft sotib oldi.
2018-yilda The New York Times gazetasi Rubinning 2014-yilda Googleʼdan ketishi tafsilotlarini ochib beruvchi maqolani chop etdi, yaʼni u ayol xodimlariga jinsiy zoʻravonlik qilgani haqidagi ishonchli ayblovlar tufayli ixtiyoriy emas, balki majburlangani va Google Rubinga ishdan boʻshatish jarayonini tezlashtirish uchun 90 million dollar toʻlagani aytilgan. Googlening katta miqdordagi ishdan boʻshatish toʻlovi jiddiy bahslarga sabab boʻldi.
Yoshlik yillari va taʼlimi Rubin Nyu-Yorkning Chappaqua shahrida psixolog oilasida tugʻilib, keyinchalik oʻzining marketing firmasiga asos solgan. Otasining firmasi kredit karta hisob-kitoblari orqali joʻnatiladigan soʻnggi elektron gadjetlarning fotosuratlarini olardi. Rubin 1977-yildan 1981-yilgacha Nyu-Yorkning Chappaqua shahridagi Horace Greeley oʻrta maktabida oʻqigan va 1986-yilda Utika kolleji, Nyu-Yorkning Utika shahrida kompyuter fanlari boʻyicha bakalavr darajasiga sazovor boʻlgan.
Karyerasi Andy Rubin 1989-yildan 1992-yilgacha Appleʼda ishlab chiqarish muhandisi sifatida ishlagan.
General Magic Rubin 1992-yilda General Magicga ishga kirdi. U Motorola Envoyni rivojlantirish ustida yetakchi muhandis sifatida ishladi.
Google 2005-yilda Android Google tomonidan sotib olinganidan soʻng, Rubin kompaniyaning mobil va raqamli kontent boʻyicha katta vitse-prezidenti boʻldi, u yerda smartfonlar uchun ochiq kodli operatsion tizim hisoblangan Androidni ishlab chiqishni nazorat qildi. 2013-yil 13-mart kuni Larry Page oʻz blogida Rubinning Android boʻlinmasidan Googleʼda yangi loyihalarni amalga oshirish uchun koʻchib oʻtganini, Sundar Pichai esa Android`ga boshchilik qilishini eʼlon qildi. 2013-yil dekabr oyida Rubin Google kompaniyasining robototexnika boʻlinmasini (oʻsha vaqtda Google egalik qilgan Boston Dynamics kabi kompaniyani) boshqarishni boshladi. 2014-yil 31-oktabrda kompaniyada toʻqqiz yil ishlagandan soʻng Googleʼni tark etib, texnologik startaplar uchun venchur kapital firmasini ochdi.
Googleʼdan keyin Googleʼdan majburan chiqib ketgandan soʻng, Rubin 2015-yilda Piter Barrett, Matt Hershenson va Bryus Leak bilan birgalikda Playground Global kompaniyasiga asos soldi. Kompaniya venchur kapital firmasi va texnologiya startaplari uchun labaratoriya boʻlib, moliyalashtirish, resurslar va treninglarni taʼminlaydi. 2015-yilda Playground Global sarmoyadorlar Google, HP, Foxconn, Redpoint Ventures, Seagate Technology, Tencent va boshqalardan 300 million dollar mablagʻ yigʻdi. Rubin Owl Labsga oʻxshash bir qancha kompaniyalarga sarmoya kiritgan. Rubin 2019-yil may oyida Playground Globalni tark etdi.
Vaqt jadvali Carl Zeiss AG, robototexnika muhandisi 1986—1989. Apple Inc., ishlab chiqarish muhandisi, 1989—1992. General Magic, muhandis, 1992—1995. Appleʼning oʻziga xos kompaniyasi va mobil qurilmalar uchun operatsion tizim va interfeys boʻlgan Magic Capni ishlab chiqishda ishtirok etgan. MSN TV, muhandis, 1995—1999. Magic Cap muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Rubin Stiv Perlman tomonidan asos solingan Artemis Research kompaniyasiga qoʻshildi, u WebTVga aylandi va oxir-oqibat Microsoft tomonidan sotib olindi. Danger Inc., asoschi, 1999—2003. Mett Hershenson va Jo Britt bilan birgalikda asos solingan. Android Inc., asoschi 2003—2005. Android 2005-yilda Google tomonidan sotib olingan. Google, 2005—2014: Android uchun mas’ul boʻlgan katta vitse-prezident. Playground Global, 2014-2019: Asoschi Bu tashabbuslar sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan va u yangi avlod uskunalarini yaratmoqda. Redpoint Ventures, 2015-2017: Hamkor. Essential Products, 2015-2020: Asoschi va rahbar.
Manbalar
Tashqi havolalar
„Designing Products Your Customers Will Love“ , Andy Rubin speaks at Stanford University „Android on the March“, Financial Post 2010-yil 17-sentabr „Android Invasion“, Newsweek 2010-yil 3-oktabr
Turkum:Andy Rubin Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik dasturchilar Turkum:Amerikalik investorlar Turkum:Amerikalik texnologiya kompaniyasi asoschilari Turkum:Yashayotgan insonlar