Sahifada anʼanaviy islomiy manbalarga koʻra Qurʼon bilan bogʻliq turli voqealar xronologiyasi keltirilgan.
Voqealar Muhammad
609-yil 22-dekabr. Islom anʼanalariga koʻra Jabroil farishta Hiro gʻorida Alaq surasini nozil qilganidan keyin Muhammad birinchi marta Qurʼon surasini oʻqigan. 610-yil. Muhammad ikkinchi vahiy sifatida Muddassir surasini olganWhen The Moon Split - Page 35. 622-yil. Hijratdan keyingi birinchi sura Baqara nozil boʻlganEncyclopedia of World Religion, Johannes P. Schadé - 2006. 624-yil. Badr jangi haqida Anfol surasi nozil qilinganSaddam's Word : The Political Discourse in Iraq: 1998 Page 189. 632-yil. Oxirgi sura Moida surasi nozil boʻlgan110. Surah An Nasr (The Help) - Sayyid Abul Ala Maududi.
Muhammaddan keyin
633-yil. Abu Bakrning buyrugʻi bilan Qurʼon kitob holiga keltirilgan. 645-yildan avvalroq. 2015-yilda Birmingem universitetida saqlanayotgan qo‘lyozma radiokarbon tekshiruvidan oʻtkazilishi natijasida milodiy 568—645-yillar oraligʻida (islom taqvimiga ko‘ra, hijriy 56—25-yillar oralig‘ida) yozilgani aniqlangan. 653-yil. Qurʼon Usmon ibn Affon tomonidan kanonizatsiya qilinganDoes archaeology support the Qur'an? [IsaAlMasih.net]. 657-yil. Siffin jangida Qurʼon sahifalari Muoviya qoʻshinlari tomonidan qilichlarga oʻralgan. 661—671-yillar. Qurʼonning saqlanib qolgan eng qadimiy nusxalaridan biri Sana qoʻlyozmasining radiokarbonli tekshiruvda aniqlangan taxminiy sanasiSadeghi, Behnam; Bergmann, Uwe (1 January 2010). "The Codex of a Companion of the Prophet and the Qurān of the Prophet". Arabica 57 (4): 343–436. 769-yil. Muqatil ibn Sulaymon ibn Bashiral Balxiyga oid deb hisoblanadigan ilk toʻliq tafsir. Abu Zakariya al-Farra (hijriy 207-yil) tomonidan Maoniy al-Qurʼonning (Qurʼon maʼnosi) yozilishi. 859-yil. Qaroviyyin universitetida eng qadimgi Qurʼon maktabi (madrasa) ochilgan. 883-yil. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi va yirik tafsir toʻplamlaridan biri boʻlgan Tafsir at-Tabariy yozib tugallangan. 884-yil. Qur'onning chet tiliga birinchi toʻliq tarjimasi. 1609-yil. Toj Mahaldagi Qurʼon xattotligi Abdul Haq, aka Amanat Xon tomonidan yaratilgan. 1649-yil. Qirol Charlz I ruhoniysi Aleksandr Ross tomonidan Qurʼonning maʼlum boʻlgan ingliz tilidagi birinchi tarjimasi"From scholarship, sailors and sects to the mills and the mosques". The Guardian (Guardian News and Media Limited). 2002-06-18.
Manbalar
Turkum:Qurʼon Turkum:Musulmonlar tarixining xronologiyalari