Banu Najjor (; duradgorning oʻgʻillari) yoki Banu al-Naggar arab dunyosidagi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan bir qancha tarixiy va zamonaviy qabilalar nomi. Ayrim qabilalar diniy tarkibga koʻra bir-biridan farqlanadi.
Islom tarixida Muhammadning bobosi Abdulmuttalibning onasi aynan Banu Najjor urugʻidan boʻlgan. Ibn Hajar al-Asqaloniy va Tabariy kabi islom tarixchilari ularni Madinaning yirik Banu Xazraj qabila urugʻlaridan biri deb hisoblashgan. Al-Asqaloniy ushbu urugʻ ajdodlari Taymallah ibn Talaba ibn Amr ibn al-Xazraj ekanligini aytganIbn Hajar al-Asqalani (1986). Fath al-Bari. page 144.. Banu Najjorning kamida uchta kichik qabilasi mavjud boʻlgan.
Islom dini kirib kelishidan oldin Madinadagi Banu Najjorlar, asosan, anʼanaviy arab politeizmiga eʼtiqod qilganlar. Bundan tashqari, qabila vakillari Islom dinini qabul qilganlaridan soʻng yoʻq qilib yuborilgan Samul, Husa va at-Tamm nomli butlariga ham eʼtiqod qilishganFE Peters, ed. (2014). „Idol Worship in Pre-Islamic Medina“. The Arabs and Arabia on the Eve of Islam (Volume 3). Routledge. pp. 130-134, 153. ISBN 9781351894807.. Shuningdek, Banu Najjorlar Madina yahudiylari bilan ham qabilaviy ittifoq tuzishgan boʻlishlari mumkin.
Muhammad Makkadan Madinaga hijrat qilganida dastlab Banu Najjor qabilasi vakillari bilan birga yashagan. Keyinchalik Al-Masjid an-Nabaviy ham aynan ushbu qabila bogʻida qurilgan. Shuningdek, Banu Najjor qabilasi nomi Qur’on hadislardan birida maqtab oʻtilgan.
Qabilaning taniqli vakillari Abu Ayyub al-Ansoriy Ummu Sulaym binti Milhon Zayd ibn Sobit
Manbalar
Turkum:Banu Najjor