„Rangin qushcha“ () — asli kelib chiqishi polyak boʻlgan amerikalik yozuvchi Jerzy Kosiński tomonidan yozilgan roman. Roman ilk bor 1965-yil nashr etilgan. U oʻz davrida koʻplab bahslarga sabab boʻlsa-da, urush dahshatlarining yorqin portretini chizib bergan asar ekanligi taʼkidlanadi. Roman Ikkinchi jahon urushi vaqtida Sharqiy Yevropa (ehtimol Polsha) boʻylab kezib yurgan bolaning baxtiqaro taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Shuningdek, romanda zoʻravonlik unsurlari yaqqol koʻzga tashlanib, u avtobiografik xususiyatlar bilan mujassamlashgan.
Mavzusi Asar Ikkinchi jahon urushining front orti voqealarini yoritib bergan. Kitobdagi voqealar Jerzy Kosinski bolani oʻquvchiga tanishtirishi bilan boshlanadi. 20 bobdan iborat asardagi barcha voqealar 6 yosh bola nigohi bilan koʻrsatilgani bilan oʻzgacha ahamiyat kasb etgan. Millati loʻli yoki yahudiy ekanligiga urgʻu berilgan bolani ota-onasi konslagerdan omon saqlab qolish uchun uni Sharqiy Yevropa qishloqlariga joʻnatishga majbur boʻlishadi. Bolaga vaqtinchalik qarab turgan keksa xola vafotidan keyin bola uchun chinakam ogʻir davrlar boshlanadi.
Manbalar
Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar Turkum:Alifbo boʻyicha kitoblar Turkum:Oʻzbek tilidagi kitoblar