Shut in () — 2016-yilda suratga olingan, psixologik dahshatli triller film. Filmga Farren Blackburn rejissyorlik qilgan, ssenariy muallifi esa Christina Hodson. Filmda bosh rollarni Naomi Watts, Oliver Platt, Charlie Heaton, JacobTremblay, Devid Cubbit va Clémentine Poidatz ijro etgan.
Film EuropaCorp tomonidan ilk marotaba AQShda 2016-yil 11-noyabrda, Fransiyada esa 2016-yil 30-noyabrda namoyish etilgan. Shut in tanqidchilar tomonidan asosan salbiy baholangan. Film butun dunyo boʻylab 13,1 million dollarlik daromad yigʻgan.
Rollarda
Suratga olish jarayonlari 2014-yilning 5-noyabrida EuropaCorp tomonidan Farren Blackburn Christina Hodsonning 2012-yilgi „Qora roʻyxat“ ssenariysi asosida yaratilgan "Shut In" psixologik trilleriga rejissyorlik qilishga tayinlagani eʼlon qilingan. EuropaCorp Lava Bear Films bilan hamkorlikda filmni suratga olib, uni moliyalashtirgan va oz fursatlar ichida film butun dunyo boʻylab tarqalgan. Bosh rolni Naomi Watts ijro etishi rejalashtirilgan. 2015-yilning 18-martida filmning aktyorlar tarkibiga Oliver Platt, Charlie Heaton, David Cubitt, Jacob Tremblay va Clementine Poidatzlar ham qoʻshilgan.
Namoyish etilishi 2015-yilning mart oyida EuropaCorp filmni 2016-yil 19-fevralida namoyish etilishini eʼlon qilgan. 2015-yil 15-dekabrda premyera sanasi 2016-yil 17-iyunga koʻchirilgan. 2016-yil fevral oyida namoyish sanasi yana 2016-yil 9-sentyabrga qadar choʻzildi. 2016-yil may oyida filmni premyera sanasi 2016-yil 11-noyabrga surilgan va shu kuni ommaga namoyish etilgan.
Qabul qilinishi
Teatr kassalarida Shut In AQSh va Kanadada 6,9 million dollar, boshqa mamlakatlarda 6,2 million dollar toʻpladi, butun dunyo boʻylab jami 13,1 million dollar ishlab topgan. Film Ishlab chiqarish byudjeti 10 million dollarga teng. Shut In Arrival va Almost Rojdestvo filmlari bilan bir vaqtda namoyish etilgan. Filmning birinchi namoyishi dam olish kuni 2058 ta teatrda 6 million dollarga yaqin daromad keltirishi kutilgan edi, ammo kassada yettinchi o'tinni egallab 3,7 million dollar ishlab topgan. Tanqidiy fikrlar Rotten Tomatoes saytida, film 45 ta fikrga asoslangan holda 4% ijobiy reytingiga ega boʻlib, oʻrtacha reyting 2,92/10 natijani koʻrsatdi. Metacritic saytida film 14 ta tanqidchiga asoslangan holda 100 balldan oʻrtacha 25 ball olgan. CinemaScore tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada tomoshabinlar filmga A+ dan F gacha boʻlgan shkala boʻyicha oʻrtacha „C“ bahosini berishgan.
Mukofotlar Watts „Eng yomon aktrisa“ nominatsiyasida "Oltin malina" mukofotiga sazovor boʻldi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2016-yil filmlari Turkum:Kanada filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:2010-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Triller filmlar