Minsk Arena (, toʻliq nomi — , ) — Belarus poytaxti Minsk shahridagi sport-koʻngilochar majmuasi. Majmua toʻrtta obyektdan iborat: koʻp funksiyali sport va koʻngilochar arena ( oʻrinli), konkida uchish stadioni (3000 oʻrinli), velodrom (2000 oʻrinli) va ochiq koʻp qavatli avtoturargoh (1080 toʻxtash joyi).
2009—2010-yilgi mavsumdan boshlab Kontinental xokkey ligasida qatnashadigan Dinamo xokkey klubi (Minsk) uchun uy maydoni hisoblanadi.
Tarixi „Minsk Arena“ Belarus Prezidentining 2005-yil oxirida qabul qilingan „koʻp tarmoqli sport majmuasini qurish toʻgʻrisida“gi farmoniga binoan qurilgan. Qurilish ishlari 2006-yilning bahorida boshlangan. Majmua „Belproekt“ kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Asosiy pudratchi esa „Minskpromstroy“ kompaniyasi edi. Qurilish ishlarini Belarus Respublikasining sobiq sport va turizm vaziri va Belarus prezidentining yordamchisi — Nikolay Ananyev nazorat qilganPrezident Belarusi naznachil Nikolaya Ananeva gendirektorom „Minsk-Areni“.
Dastlab, 2008-yil 30-dekabrda velodrom foydalanishga topshirildi. 2009-yil iyul oyida ushbu velodrom velosport boʻyicha Yevropa chempionatiga mezbonlik qildi. 2009-yil 2 dekabrda konkida uchish stadioni muzida ilk mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Minsk-Arenadagi birinchi xokkey oʻyini 2009-yil 26 dekabrda boʻlib oʻtgan. Bu oʻyinda „Minsk“ sport maktabi va „Yunost“ xokkey maktabining yoshlar jamoalari oʻzaro kuch sinashishdi. Minsk-Arena tarixidagi ilk gol Minsk sport maktabi jumoasi hujumchisi Pavel Pechur tomonidan raqiblari darvozasiga kiritildi. Birinchi rasmiy oʻyin 2010-yil 14-yanvarda boʻlib oʻtdi. Unda KXL doirasida „Dinamo Minsk“Magnitogorskning „Metallurg“ klubini qabul qildi.
Minsk Arenaning tantanali ochilish marosimi 2010-yil 30-yanvarda doirasida boʻlib oʻtdi. Oʻsha paytda mazkur arena kattaligi boʻyicha KXL jamoalari maydonlari orasida birinchi, Yevropadagi xokkey arenalari orasida toʻrtinchi oʻrinda edi.
2014-yil mayda Minsk Arena xokkey boʻyicha jahon chempionati oʻyinlariga mezbonlik qilgan ikkita maydondan biriga aylandi.
2016-yilning yanvar oyidan boshlab Minsk Arenada „Starladder i-League Season 13“ kibersport musobaqasi oʻtkazilib kelinmoqda.
2018-yil 25-noyabr kuni „Junior Eurovision Song Contest 2018“ nomli xalqaro qoʻshiq tanlovi boʻlib oʻtgan. center|thumb|800x800px| Minsk Arenaning panorama koʻrinishi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Xokkey Turkum:Belarusdagi basketbol maydonlari Turkum:Belarusdagi xokkey maydonlari Turkum:Belarusdagi sport inshootlari Turkum:Minskda sport Turkum:Belarusdagi velodromlar Turkum:Minskdagi bino va inshootlar Turkum:Minsk xokkey arena