Ilyos Qurbonov (; 1979-yil 17-mart, Toshkent viloyati) — Oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Klub faoliyati Ilyos Angren futbol maktabida dastlabki bilimlarni olgan. Professional faoliyatini 1999-yil Angrenning „Semurgʻ“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2000-yilgi mavsumda Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. Angren jamoasi tarkibida ikki yarim mavsumdan ziyod vaqt davomida oʻynadi va 2001-yil ikkinchi davrada Buxoroning „Buxoro“ klubi tarkibida oʻtgan. "Buxoro" klubi tarkibida 72 oʻyinda ishtirok etdi va 19 ta gol muallifiga aylandi. 2004-yilgi mavsumda Qarshining „Nasaf“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Qarshi jamoasi tarkibida 4 mavsum davomida oʻynadi va 82 oʻyinda 16 gol muallifiga aylandi. Bu vaqt davomida „Nasaf“ jamoasi bilan birgalikda 2005 va 2006-yilgi mavsumlarda bronza medal sohibi boʻlgan.
2008-yilgi mavsumda Qarshi jamoasini tark etgan va Samarqandning „Dinamo“ jamoasi tarkibida boshlagan. Mavsum davomida 26 ta oʻyinda ishtirok etib 11 ta gol muallifi boʻlgan va bu eng yaxshi mavsumlaridan biriga aylanagan. Samarqand klubidagi bir yillik faoliyatidan soʻng Bekobod „Metallurg“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Bekobodning klubida toʻrt mavsum davomida oʻynagan, ammo avvalgi darajasiga qayta olmagan. 2013-yilgi mavsum avvalida Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum oʻynagan. 2014-yilgi mavsum yakunida 9 ta oʻyinda 3 ta gol urdi va butsalarini „mixga ilgan".
Terma jamoadagi faoliyati Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida bir bor 2009-yil 1-fevral Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydongga tushgan va oʻyin 1-1 hisobida yakunlangan, Oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibidagi yagona golni Ilyos Qurbonov kiritgan.
Futboldan keyingi faoliyati 2015-yildan futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagan Ilyos, sobiq jamoasi Bekobodning „Metallurg“ klubiga yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida qaytgan. Keyinchalik „Metallurg“ jamoasida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi va 2023-yildan bosh murabbiy yordamchisi vazifasida ishlamoqda.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2005, 2006
Manbalar
Havolalar
Ilyos Qurbonov Transfermarkt saytida
Ilyos Qurbonov OʻzPFL saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Angren klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari