Bir Maona qirgʻini hadislarga koʻra Uhud jangidan 4 oy oʻtib, hijriy 4-yildaHawarey, Mosab (2010). The Journey of Prophecy; Days of Peace and War (Arabic). Islamic Book Trust. ISBN 9789957051648.Note: Book contains a list of battles of Muhammad in Arabic, English translation available here boʻlib oʻtgan. Islom manbalariga koʻra paygʻambar Muhammad Abu Baroning iltimosiga binoan Islom dinini targʻib qilish va Najd ahlini musulmon boʻlishga chaqirish maqsadida oʻz odamlarini u yerga yuborgan, biroq musulmonlardan 40 (Ibn Is’hoq rivoyatiga koʻra) yoki 70 nafari („Sahihi Buxoriy“) oʻldirilganMubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, pp. 352..
Tavsifi Uhud jangidan 4 oy oʻtgach, Banu Amir qabilasidan bir guruh kishilar Muhammadning huzuriga kelib, unga bir sovgʻa taqdim etadi. Qabila vakillaridan boʻlmish Abu Baroning oʻzi Madinada qoladi. Muhammad sovgʻani mushriklardan boʻlgani uchun olishni istamaydi va Abu Barodan Islomni qabul qilishini soʻraydi. Shunda Abu Baro paygʻambardan Najd ahlini Islomga daʼvat qilish uchun bir necha musulmonlarni yuborishini va aholini musulmonlikni qabul qilishga undashini iltimos qiladi. Muhammad avvaliga hamrohlarini Najdga yuborgan taqdirda ularga zarar yetishidan xavotirga tushadi, biroq Abu Baro yuboriladigan elchilarning xavfsizligini taʼminlashga kafolat bergach, Muhammad bu taklifga rozi boʻladi.
Musulmon olimi Tabariy voqeani shunday taʼriflaydi:
Ibn Is’hoq tomonidan berilgan Muhammadning tarjimai holida Najd ahliga dinni targʻib qilish uchun 40 kishi yuborilgani aytiladi. „Sahihi Buxoriy“da aytilishicha, yuborilgan musulmonlar 70 nafarni tashkil qilgan, ular ichida Qurʼon va fiqhda eng ilmlisi Banu Saʼidadan Ozod laqabli al-Munzir ibn Amr degan kishi boʻlgan.
Rojiy voqeasidan koʻp oʻtmay (625-yil aprel) Amir ibn Saʼso qabilasi boshligʻi Abu Baro Amir ibn Molik Madinaga kelib, undan oʻz qabilasiga Islom dinini oʻrgatishi uchun bir qancha vakillarini yuborishni soʻraydi. Dastlab yuboriladigan musulmonlarning xavfsizligidan xavotir olgan Muhammad ularning hayotiga kafolat olgach, Qur’onni yaxshi biladigan 70 (yoki 40) kishidan iborat guruh tayinlab, ularni Najdga yuborishga rozi boʻladi. Musulmonlar guruhining aksariyati Madina va Suffa ahli boʻlib, ularga Munzir ibn Amr al-Xazrojiy boshchilik qilgan. Muhammadning maktubini Amir ibn Saʼso qabilasi boshligʻiga olib borish vazifasi uning hamrohi Haram ibn Milxonga yuklangan edi. Bu orada Amir ibn Molikning vafot etgani haqidagi xabarni eshitgan Haram ibn Milxon maktubni jiyani Amir ibn Tufaylga berib, ularga musulmonlar bilan birga aholiga Islomdan saboq berishini aytadi. Muhammad va musulmonlarning azaliy dushmani hisoblanmish Amir ibn Tufayl esa buyruqqa boʻysunmasdan elchini oʻldiradi va qabila aʼzolarini Bir al-Maonada musulmonlarga qarshi hujum qilishga undaydi. Ammo Amir ibn Molik musulmonlarlarning xavfsizligini kafolatlashga vaʼda bergani bois aholi ularga qarshi hujum qilishga rozi boʻlmaydi. Keyin esa Amir ibn Tufayl doʻstlik rishtalari boʻlgan Banu Sulaym qabilasining ayrim urugʻlariga murojaat qiladi va ulardan ijobiy javob oladi. Birlashgan harbiy guruh Bir al-Maonada bu voqealardan mutlaqo bexabar musulmonlarga hujum qiladi. Ogʻir yaralangan Kaʼb ibn Zayd an-Najjor, oʻsha paytda tuyalarni yaylovga olib chiqqan Munzir ibn Muhammad (yoki Horis ibn Simma) va Amr ibn Umayyadan boshqa hamma oʻldiriladi.
Bu mudhish voqeadan xabar topgan Muhammad har qachongidan ham koʻproq ogʻriq va qaygʻu chekadi, oʻttiz-qirq kun davomida har bomdod namozida bu qotillik aybdorlarini laʼnatlaydi. U Shujoa ibn Vahb qoʻmondonligida Bir al-Maona qirgʻiniga boshchilik qilgan Amir ibn Saʼso qabilasini jazolash maqsadida 24 kishilik qoʻshin yuboradi (hijriy 8-yilning Rabiulavval). Qoʻqqisdan uyushtirilgan tungi hujumda koʻplab hayvonlar oʻlja, ayollar esa asir sifatida qoʻlga olinadi. Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Banu Amir ibn Saʼso qabilasidan boʻlgan musulmonlar hay’ati Muhammadning huzuriga kelib, asirga olingan ayollarni ozod qilishni soʻraydilar. Shujoa ibn Vahb va uning hamrohlari bilan maslahatlashib, Muhammad ayollarni Islomni qabul qilganlaridan keyin ozod qiladi.
Yana qarang
Muhammadning harbiy faoliyati Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
. Note: This is the free version available on Google Books. Turkum:Muhammad tomonidan buyurilgan yurishlar Turkum:625