Winston Groom (oʻzbekcha: Uinston Grum; 1943-yil 23-mart, Vashington – 2020-yil 16-sentyabr) – amerikalik yozuvchi, ertakchi. U 1994-yilda ekranlashtirilgan Forrest Gamp romani muallifi hisoblanadi.
Hayoti Winston Kolumbiya federal okrugining Vashington shahrida tugʻilgan. Ammo University Military Schoolda (hozirgi UMS-Wright Preparatory School) tahsil olganligi sababli Alabama shtatining Mobile shahrida ulgaʼygan. U Alabama universitetida tahsil olgan, u yerda Delta Tau Delta va Army ROTC aʼzosi boʻlgan va 1965-yilda universitetni tamomlagan. 1965–1969-yillar davomida armiyada harbiy xizmatni oʻtagan, shu jumladan Vyetnamda xizmat safarida boʻlgan. Hayotining soʻnggi yillarida u Alabama, Point Clearda va Nyu-york, Long Islandda istiqomat qilgan.
Bibliografiyasi
Romanlari
Better Times Than These (1978) As Summers Die (1980) Only (1984) Forrest Gump (1986) Gone the Sun (1988) Gump and Co. (1995) Such a Pretty, Pretty girl (1999) El Paso (2016)
Manbalar
Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:16-sentyabrda vafot etganlar Turkum:Vashingtonda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:1943-yilda tugʻilganlar Turkum:23-martda tugʻilganlar