Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi – Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan texnikum. Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzurida tashkil etilgan. Tarixi Texnikum 1978-yilda qurilgan va shu yili „Turgʻun Axmedov nomidagi qurilish texnikumi“ sifatida oʻz faoliyatini boshlagan. Umumiy maydoni 2,67 ga, 3 qavatli 300 oʻrinli oʻquv binosi, 3 qavatli 300 oʻrinli yotoqxona, oʻquv ustaxonasi, 150 oʻrinli oʻquvchilar oshxonasi, sport zali mavjud. 1998-yilda „Guliston qurilish kasb-hunar kolleji“ga oʻzgartirilgan. 2021-yil 31-avgustda esa „Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi“ oʻzgartirilgan. Taʼlimi Texnikum oʻquv yili 2 yilni tashkil etib, taʼlim shaklining 3 turi yaʼni kunduzgi, sirtqi hamda dual shakli boʻyicha kasb va mutaxassislikka oʻrgatadi. Arxitektura;

Geodeziya va kortografiya;

Kadastr;

Buxgalteriya hisobi va audit;

Yengil sanoat buyumlari va konstruksiyalari;

Mehmonxona xoʻjaligini tashkil qilish va boshqarish;

Elektron tijorat;

Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash;

Yer kadastri va yerdan foydalanish; Yana qarang Guliston davlat universiteti Guliston davlat pedagogika instituti Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston oʻrta-maxsus oʻquv yurtlari