Tursunboy Fayzullayev(1944-yil 18-fevral, Chust tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – siyosiy fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyati 1960-1965 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti talabasi.
1965-1966 yy.-Primore oʻlkasida harbiy xizmatda
1967-1971 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi
1971-1977 yy.-Namangan shahar partiya qoʻmitasida targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri
1977-1980 yy.-Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti aspiranti
1980-1981 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti katta oʻqituvchisi
1981-1984 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti dotsenti
1984-1985 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti tarix fakulteti dekani
1985-1988 yy.-Namangan viloyat partiya qoʻmitasi targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri
1988-1990 yy.-Namangan viloyat partiya qoʻmitasi mafkura boʻlimi mudiri
1990-1991 yy.-Namangan viloyat partiya qoʻmitasi birinchi kotibining yordamchisi
1991-1992 yy.-Namangan davlat pedagogika instituti maʼnaviy ishlar prorektori
1992-1996 yy.-Namangan davlat universiteti ilmiy ishlar prorektori
1996-1999 yy.-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qoʻmitasi kotibi
1999-2005 yy.-Namangan davlat universiteti rektori
2005-2008 yy.-Namangan davlat universiteti oʻzbekiston tarixi kafedrasi dotsenti
2008- 2010 yy.-Namangan davlat universiteti vatan tarixi kafedrasi dotsenti
2011 – 2015yy.-Namangan davlat universiteti tarix fanlari kafedrasi professori
2015 – 2020 yy. -Namangan davlat universiteti tarix kafedrasi professori
2020 y. – h.v. – Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi professori
Mukofotlari 1994 y. „Oʻzbekiston belgisi“,
2001 y. „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10-yilligi“ koʻkrak nishoni
2015 y. „El-yurt hurmati“ ordeni
2023 y. „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiy“ ordeni
Havolalar
Namangan davlat universiteti sayti
Manbalar