Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti (NamDChTI) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi „Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida“gi PQ-275-sonli qaroriga muvofiq tashkil etildi.

Boshqaruv Karimov Rivojiddin Gʻulomjonovich – Namangan davlat chet tillari instituti rektori.

Nishanov Xayrullo Xolmirzayevich – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor.

Lutfullayev Poʻlatxon Muxibullayevich – Oʻquv ishlar boʻyicha prorektor.

Yakubbayev Murodilla Marufovich – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor.

Fakultetlar Hozirgi kunda institutda bitta Jahon tillari fakulteti mavjud boʻlib, 6 ta kafedrani oʻz ichiga oladi. Bakalavriat Bakalavriat kunduzgi taʼlim yoʻnalishlari:

60111700 – Oʻzga tilli guruhlarda rus tili 60111800 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili 60112600 – Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili) 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: fors tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 60230800 – Kompyuter lingvistikasi 61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

Bakalavriat kechki taʼlim yoʻnalishlari:

60111700 – Oʻzga tilli guruhlarda rus tili 60111800 – Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili 60112600 – Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili) 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili.

Magistratura

Lingvistika (ingliz tili) Lingvistika (ingliz tili) qishki Lingvistika (fransuz tili) Lingvistika (fransuz tili) qishki Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) Ona tili va adabiyoti (rus tili va adabiyoti) qishki Lingvistika (nemis tili) Lingvistika (nemis tili) qishki Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti qishki Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) qishki Sinxron tarjima (ingliz tili) Badiiy tarjima (ingliz tili)

Manbalar

Turkum:Namangan Turkum:Oʻzbekistondagi institutlar