thumb| Sharaf Xon Bidlisi haykali, Iroq Kurdistoni, Silemani shahridagi Slemani jamoat bogʻi Sharaf al-Din Khan b. Shams al-Din b. Sharaf Beg Bedlisi-tarixchi, yozuvchi va shu bilan birga shoir ham edi. U faqat fors tilida yozgan. Eronning markaziy qismidagi Arak va Qum oʻrtasidagi Qora Rud qishlogʻida tugʻilgan. Yoshligida Safaviylar saroyiga yuboriladi va shu yerda taʼlim oladi.
U 1597-yilda yozilgan oʻrta asrlar kurd tarixiga oid eng muhim asarlardan biri boʻlgan “Sharafnoma”ning muallifi hisoblanadi. U inson o‘z asarlarida 16-asrdagi kurdlar hayoti va kurd sulolalari haqida yaxshi tasvir yarata olgan. Asarlari Eron va kurdzabon mamlakatlardan tashqari Sharaf Beg Bedlisi oʻz asarlarini boshqa olimlar tomonidan tarjima qilish orqali kurd adabiyoti va jamiyatlariga taʼsir oʻtkazgan.
U shuningdek, iqtidorli rassom, ziyoli, oʻqimishli odam boʻlgan. Tarixda boʻlgani kabi matematika va harbiy strategiya boʻyicha ham yuqori natijalarga erishgan.
Hayotining boshlangʻich davri Sharafxon Bidlisiy 1543-yil 25-fevralda Eronning Markazidagi viloyatda Garmrood qishlog‘ida, otasi surgunda yurgan paytida tug‘ilgan. Uning otasi kurd begi Shamsheddin.
Sharaf Khan oʻsha paytda Bitlis amirligini boshqaruvchi Roja qabilasining aʼzosi boʻlgan va kamida 9 asrdan beri mustaqil amirlik sifatida vaqti-vaqti bilan hukmronlik qilgan. Shuning uchun Sharafxon hech qachon "xon" degan umumiy qabila unvonini qabul qilmagan, uning oʻrniga esa amir yoki mir, "shahzoda" kabi qirollik unvonini afzal koʻrgan hisoblanadi. U koʻproq Mir Sharaf (Shahzoda Sharaf) nomi bilan mashhur boʻlgan.
Keyinchalik esa uning oilasi Safaviylar sulolasi himoyasiga olingan. U Tahmasb saroyida tahsil olgan va 1596-yilda shunday yozgan:
Bedlisiy oʻzining Qur'on ta'limotlarini, shariat, taqvo va poklik asoslarini oʻqishni oʻz ichiga olgan tarbiyasi haqida gapirdi. Shoh Tahmaspning diniy fe'l-atvori tufayli Bidlisiyni diniy ulamolar tanishgan, ular uni yovuz odamlardan ogohlantiradilar, va aksincha, yaxshilar bilan doʻstlikka da'vat etgan. Bidlisiy kamolotga erishgach, jang san’ati (sipahigira), kamondan o‘q otish, polo, poyga, qilichbozlik, ritsarlik o‘gitlari – insonparvarlik va saxovatpeshalikni o‘rgatadi.
1576-yilda Safaviylardan boʻlganTahmasb unga Mirs Mir unvonini berib, Eronning barcha kurd qabilalariga boshliq etib tayinlaydi.1578-yilda Usmonlilar sultoni Sulton Murod III Sharafxonga amir unvonini beradi va Bitlis amirligining Miri boʻladi.1578-1588-yillar orasida Sharafxon deyarli barcha Usmonlilarning forslarga qarshi oʻtkazgan urushlarini boshqargan. 1597-yilda Sharafxon oʻz sulolasi hokimiyatini oʻgʻli Sams-ad-Dinga beradi.
Turkum:1603-yilda vafot etganlar Turkum:1543-yilda tugʻilganlar