Blink-182 AQShda tuzilgan rok-guruh boʻlib, vokalist va bas-gitarachi Mark Hoppus, vokalist va gitarachi Tom DeLonge va dovulchi Travis Barkerlardan iborat. 1992-yili Kaliforniyaning Poway shahrida tashkil topganidan beri butun dunyo boʻylab 50 milliondan oshiq albom sotishgan. Sobiq dovulchi Scott Raynor bilan ular 1994-yili Cheshire Cat albomini tayyorlab, keyingi, 1997-yilgi, bir milliondan ortiq nusxada sotilgan Dude Ranch albomi bilan sezilarli muvaffaqiyatga erishdi. 1998-yilgi turne davomida Raynor oʻrniga Barker keldi.
Guruh 1999-yili multi-platina sertifikatini olgan va Billboard 200ligida „What's My Age Again?“ va „All the Small Things“ qoʻshiqlari bilan 9-pogʻonaga koʻtarilgan, keyinchalik esa Billboard Hot 100ligida 6-pogʻonani egallagan Enema of the State albomi bilan butunjahon shuhratga erishdi. Blink-182 qoʻshiqlaridagi mutoyiba hissi tufayli mashhur boʻldi, ularning keyingi Take Off Your Pants and Jacket (2001) albomi AQSh, Kanada va Germaniya xit-paradlarida eng yuqori pogʻonagacha koʻtarildi. Eponimik nomlangan Blink-182 2003-yili chiqdi, bu albomda guruh tajribaviy musiqa unsurlarini oʻzlarining anʼanaviy pop-pank formulasiga qoʻshib, uslublari voyaga yetganini koʻrsatdi.
DeLonge 2005-yil boshlarida guruhni tark etib, Blink-182 guruhining nomaʼlum muddatga taʼtilga chiqishiga sabab boʻldi. U Angels & Airwaves guruhini tuzdi, bu vaqtda Hoppus va Barker +44 guruhini tashkil qilishdi. Hoppus shuningdek teleboshlovchi boʻlib ishladi, Barker esa prodyuserlik va yakkaxonlik faoliyatlarida davom etdi. Blink-182 2009-yilning fevralida qayta birlashib, 2011-yilning sentyabrida oʻzlarining oltinchi studiyaviy albomi — Neighborhoodsni omma eʼtiboriga havola etishdi. Keyinchalik, 2016-yilda California, 2019-yilda esa Nine albomlarini eʼlon qilishdi. 2023-yilning 20-oktyabrida guruhning toʻqqizinchi albomi boʻlmish One More Time... chiqarildi.
Guruh tarkibi Hozirgi aʼzolari Mark Hoppus – bas-gitara, vokal , gitara Tom DeLonge – gitara, vokal , klavishalar Travis Barker – dovullar ; bek-vokal , klavishalar, pianino
Sobiq aʼzolari Scott Raynor – dovullar Matt Skiba – gitara, vokal
Sobiq turne aʼzolari
Cam Jones – bas-gitara Shooman, 2010. 13–14-bet. Mike Krull – dovullar Shooman, 2010. 24-bet. Byron McMackin – dovullar Josh Freese – dovullar Damon DeLaPaz – dovullar Brooks Wackerman – dovullar Kevin Gruft – gitara, bek-vokal
Xronologiya
Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari Yil Nomi Leybl1994Cheshire CatGrilled Cheese1997Dude RanchMCA1999Enema of the StateMCA2001Take off Your Pants and JacketMCA2003Blink-182Geffen2011NeighborhoodsDGC, Interscope2016CaliforniaBMG2019NineColumbia2023One More Time...Columbia
Jonli albomlar va kompilyatsiyalar Yil Nomi Leybl2000The Mark, Tom, and Travis Show (The Enema Strikes Back!) (jonli albom)2005Greatest Hits (kompilyatsiya)2013Icon (kompilyatsiya)
Mini-albomlar Yil Nomi Leybl1995They Came to Conquer Uranus2012Dogs Eating Dogs
Demolar Yil Nomi Leybl1993FlyswatterFags in the Wilderness2nd DemoNomaʼlumBuddha (original versiyasi)Filter1994Buddha PromoNomaʼlum1998–1999Enema of the State DemoNomaʼlum
VHS/DVDlar Yil Nomi Leybl2000Probed UnauthorizedNomaʼlum2000The Urethra ChroniclesUniversal2001Man Overboard/Adam's SongNomaʼlum2002The Urethra Chronicles II: Harder Faster Faster HarderUniversal2003Riding in Vans with BoysUniversal2005Greatest HitsGeffen
Singllari M+M's, 1995 Carousel, 1996 Wasting Time, 1996 Lemmings, 1996 Dammit (Growing Up), 1997 Josie, 1997 Apple Shampoo, 1998 Dick Lips, 1998 What's My Age Again?, 1999 All the Small Things, 2000 Adam's Song, 2000 Man Overboard, 2000 The Rock Show, 2001 First Date, 2001 Stay Together for the Kids, 2002 I Won't Be Home For Christmas, 2002 Feeling This, 2003 I Miss You, 2004 Down, 2004 Always, 2004 Not Now, 2005 Another Girl, Another Planet, 2005 Up All Night, 2011 After Midnight, 2011 Bored to Death, 2016 She's Out of Her Mind, 2016 Home Is Such a Lonely Place, 2017 Blame It on My Youth, 2019 Generational Divide, 2019 Happy Days, 2019 Darkside, 2019 I Really Wish I Hated You, 2019 Not Another Christmas Song, 2019 Quarantine, 2020
Manbalar
Havolalar
(inglizcha)
Turkum:Pop punk guruhlar Turkum:Alternative rock guruhlar Turkum:Punk rock guruhlar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari