Husaynxon Yahyo Abdulmajid (Husayn Buxoriy) 1981-yilda 12-yanvarda Andijon shahrida tavallud topgan.
Tahsil Ilk diniy taʼlimni otasi Yahyoxon qoridan oʻrganib, 13 yoshida Qurʼoni Karimni toʻliq yod olgan. 2008-2012 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida tahsil olgan. 2008-2015 yillar davomida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan taʼlim olib, bir necha ijozalar olgan. 2016-yili Toshkent davlat sharqshunoslik institutining tarix fakultetini bitirgan. Hozirda Misr Arab Respublikasida tahsil olmoqda.
Yutuqlari 2003-yili Eron Islom Respublikasida boʻlib oʻtgan xalqaro Qurʼon musobaqasida qatnashib, yurtimiz shaʼnini himoya qilgan. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan oʻtkazilgan 20-Qurʼon musobaqasining Respublika bosqichida faxrli birinchi oʻrinni olgan.
Faoliyat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf boshchiligidagi «Oltin silsila» hadislar toʻplami tahririyatining aʼzosi. Islom.uz portalining ilmiy kengash aʼzosi. Quran.uz saytining ilmiy rahbarlaridan biri. Husaynxon qori akasi Hasanxon qori bilan hammualliflikda «Navoiydan chu topqaylar navoe» kitobini nashrga tayyorlagan. Husaynxon qori koʻp yillar yurtimiz masjidlarida taroveh namozlarida Qurʼoni Karimni xatm qilgan.