Al-Hakam ibn Abu al-Os ibn Umayya () (milodiy 655-yilda (hijriy 56) vafot etgan) – Umaviylar sulolasining marvoniylar avlodi asoschisi Marvon I ning otasi () va xalifa Usmon ibn Affonning amakisi (). Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadning ashaddiy raqibi sifatida tanilgan, 630-yilda Makka shahri egallab olinganda surgun qilingan. Keyinchalik esa xalifa Usmon tomonidan avf etilgan.

Oilasi Al-Hakam Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan Abu al-Os ibn Umayya va Banu Maxzum urugʻidan Ruqayya binti al-Horisning oʻgʻli boʻlgan. Uning ota tomonidan bobosi Umaviylar sulolasining avlodi edi.

Omina binti Alqama ibn Safvon al-Kinoniya oʻzining oʻgay ukasi Affon ibn Abu al-Osdan ajrashganidan keyin al-Hakamga turmushga chiqqan. Ularning Marvon ismli oʻgʻli boʻlgan, keyinchalik u 684-685-yillarda Damashq xalifasi boʻlgan. Al-Hakam toʻrt nafar xotinidan kamida yigirma hatto katta ehtimol bilan oʻttiz nafardan ortiq farzand koʻrgan. Omina binti Alqamadan Marvondan tashqari Usmon al-Azroq, al-Horis, Abdurrahmon, Solih ismli oʻgillari, Umm al-Banin va Zaynab ismli qizlari bor edi. Ikkinchi xotini Gʻatafan qabilasining Banu Murra urugʻidan Mulayka binti Avfodan Yahyo, Abon, Usmon al-Asgʻar, Habib, Amr ismli oʻgʻillari hamda Ummu Yahyo, Zaynab, Ummu Shayba, Ummu Usmon va Ummu Salama ismli qizlari boʻlgan. Uchinchi xotini Banu Saqif qabilasidan Ummu an-Nu’mon binti al-Horis ibn Abu Amrdan Nu’mon, Avs, Suhayl va Amr ismli oʻgʻil farzandlar hamda Ummu Abon, Umoma, Ummu Amr va Umm al-Ummu ismli qiz farzand koʻrgan. Quraysh qabilasining Banu Abd Shams urugʻidan boʻlgan al-Boisa binti Hoshim ibn Utba ibn Rabi’a oʻgʻli Yusufning onasi edi.

Hayoti Al-Hakam Islom paygʻambari Muhammadga qattiq qarshilik koʻrsatgan va shu sabali Makka bosib olingan vaqtda yaqin atrofdagi Toif shahriga surgun qilingan. IX asr tarixchisi at-Tabariyning soʻzlariga koʻra, paygʻambar Muhammad keyinroq al-Hakamni avf etgan va unga oʻz ona shahriga qaytishga ruxsat bergan. Biroq IX asr tarixchisi Yaʼqubiy bergan maʼlumotlarga koʻra al-Hakamga Makkaga qaytishga jiyani xalifa Usmon () ruxsat bergan. Bundan oldin al-Hakamning Makkaga qaytish toʻgʻrisidagi iltimosi xalifalar Abu Bakr () va Umar () tomonidan rad etilgan. Xalifa Usmon oʻz qarindoshlariga alohida mehr koʻrsatdi va al-Hakamni Umaviy qarindoshlari Abu Sufyon, Al-Volid ibn Uqba va Banu Hoshim urugʻi aʼzosi Abbos ibn Abdulmuttalib bilan birgalikda ularning Madina taxtiga oʻtirishlariga ramziy ravishda hurmat koʻrsatgan. Al-Hakam 655-yillarda (hijriy 56) vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Muhammadning muxoliflari Turkum:656-yilda vafot etganlar