Shoh Ashraf Xotakiy (pushtuncha / forscha: , 1730-yilda vafot etgan), Shoh Ashraf Gilzoyi (شاه اشرف غلجي) ismi bilan ham mashhur, Abdulaziz Xotakiyning oʻgʻli, Xotakiy sulolasining toʻrtinchi hukmdori. Gilzoyi pushtunlaridan boʻlgan afgʻon, u qattiq tanazzulga yuz tutgan Safaviy forslariga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan paytda Mahmud Xotakiy qoʻshinida qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan. Ashraf Gulnobod jangida ham qatnashgan. 1725-yilda amakivachchasi Mahmudni oʻldirgandan soʻng qisqa muddat taxtga oʻtirdi va Fors shohi boʻldi.
Mir Vays Xotakiyning jiyani, uning saltanati oʻsha davrning ikki buyuk davlati turk, rus va fors qoʻshinlari tomonidan kuchayib borayotgan tazyiqlar ostida xotak qabilalari hukmronligining toʻsatdan tanazzulga uchrashi bilan eʼtiborga olindi.
Ashrafxon rus va turk hujumlarini toʻxtatadi. U Isfahonga kirib kelayotgan Usmonli qoʻshinini Kirmonshohda magʻlubiyatga uchratadi. Usmonlilar oʻzining sobiq ashaddiy raqibi safaviylarni qaytadan taxtga keltirish niyatida bu yurishni boshlagan edi. Bu esa Ashrafning elchisi oʻz xojasini Sharq xalifasi, Usmonli sultonini Gʻarb xalifasi ekanligini taʼkidlagandan keyin Bobi Oliy bilan tinchlik muzokaralari oʻtkazilishiga olib keldi. Muzokara Usmonlilarning qattiq noroziligiga olib keldi, biroq 1727-yilning oktyabrida Usmonli diplomatiyasining ustunligi tufayli nihoyat tinchlik bitimi (Hamadon shartnomasi) imzolandiJonas Hanway, The Revolutions of Persia (1753), p.254..
Oxir-oqibat, Nodir boshchiligidagi shoh Tahmasp II (shoh Sulton Husaynning oʻgʻillaridan biri) qirollik fors qoʻshini 1729-yil oktyabrda „Domgʻon jangi“ nomi bilan mashhur boʻlgan hal qiluvchi jangda Ashrafning gilzoyi qoʻshinlarini magʻlub etib, afgʻonlarni quvgʻin qilib, oʻz yurti, hozirda Afgʻoniston deb ataladigan oʻlkaga qaytardi.
Vafoti
Forsdan chekinarkan Ashraf 1730-yilda Qalot xoni Mir Muhabbatxon Baluj tomonidan asirga olindi va qatl etildi.
Ashrafxonning oʻlimi xotakiylarning Forsdagi hukmronligiga yakun yasadi, biroq Afgʻoniston mamlakati 1738-yilda Nodirshoh Qandahorni zabt etgunga qadar Shoh Husayn Xotakiyning nazorati ostida edi, yosh Ahmadshoh Durroniy oʻsha yerda asirlikda edi. Nodirshohning istilosi Ahmadshoh Durroniy tomonidan 1747-yilda soʻnggi afgʻon imperiyasi (hozirgi Afgʻoniston davlati) barpo etilishidan oldin biroz pauza boʻldi.
Yana qarang Usmonli–Xotakiy urushi (1726–1727) Eron tarixi Afgʻoniston tarixi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1730-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:Pushtunlar Turkum:Qandahorliklar Turkum:Qatl qilingan hukmdorlar Turkum:Xotakiylar sulolasi