Oʻzbekistonnig 1992-yilgi pochta markalari Oʻzbekistonda amalda boʻlgan pochta aloqasi toʻlov belgisi hisoblanib, ular 1992-yilda „Oʻzbekiston pochtasi“ konserni tomonidan muomalaga chiqarilgandir.

1992-yilda mustaqil Oʻzbekistonda muomalaga chiqarilgan ilk pochta markalari Rossiyaning Moskva shahrida fotogravyura va ofset litografiya usulida chop etilgan.

Oʻzbekistonda muomalaga kiritilgan birinchi pochta markasida oʻzbek klassik shoirasi, malika Nodirabegim tasviri tushirilgan.

1992-yilda hammasi boʻlib 6 xil koʻrinishdagi pochta markasi muomalaga chiqarilgan. Markalar roʻyxati Quyidagi jadvalda keltirilgan markalarning barchasi kommemorativ hisoblanadi. Ularning tartib raqami „Oʻzbekiston pochtasi“ rasmiy saytida keltirilgan tartib raqam bilan bir xil, qavs ichida „Michel“ markalar katalogidagi tartib raqami koʻrsatilgan. T.r.TasviriTavsifi Nominali Sanasi Adadi Rassom/dizayner № 1 100pxNodira tavalludining 200 yilligi munosabati bilan chiqarilgan marka 20tiyin 7-may26 x 37Boris Ilyuxin № 2 100pxMelitaea acreina — Fargʻona choʻl shashkasi (bu kapalak turi faqat Fargʻona vodiysida yashaydi. U Qizil kitobga kiritilgan) 1soʻm 10-avgust40 x 28 № 3 100pxMarkada „Hur Oʻzbekiston 1 yoshda“, deb yozilgan va Oʻzbekiston bayrogʻi hamda Toshkentdagi Koʻkaldosh marsasi tasvirlangan 25-avgust Mixail Slonov № 4 100pxMarkada Xiva shahridagi Qutlugʻmurod inoq madrasasi tasvirlangan 0,50soʻm 20-oktyabr Leonid Zaytsev № 5 100pxMarkada Samarqand shahridagi Registon majmuasi tasvirlangan. Marka Ogʻaxon jamgʻarmasi koʻmagida chiqarilgan. Markaning yuqori qismida jamgʻarma emblemasi joylashtirilgan 10soʻm 28-oktyabr52 x 37 ? № 6 100pxMis idish. Oftoba. Qoʻqon XIX asr 0,50soʻm 20-noyabr40 x 31 Aleksandr Jarov

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston pochta markalari