As’ad ibn Zurora () (623-yilda vafot etgan) – Abu Umama kunyasi bilan tanilgan, toʻliq ismi Abu Umoma As’ad ibn Zurora ibn Udas, Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning sahobasi, Madinada musulmon boʻlgan ilk qabila boshligʻi. Ansoriylar va Hazraj qabilalarining yetakchilaridan biri.
Oilasi As’ad ibn Zurora Madinadagi yirik Hazraj arab qabilasiga kiruvchi Banu Najjor qabilasining Molik boʻlimidan boʻlgan Zurora ibn Udas va Suvad (al-Furaya) binti Rofiyning oʻgʻli boʻlgan. Uning Saad ismli akasiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers., al-Fariya va Ruvayba ismli ikki opa-singlisi boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Avs qabilasining boshliqlaridan biri hisoblangan Saʼd ibn Muʼoz ularning ona tomondan birinchi amakivachchasi boʻlgan.
As’ad ibn Zurora Molik ibn Najjor urugʻidan boʻlgan Amira (Umayra) binti Sahlga uylangan, ularning al-Furaya, Habiba va Kabsha ismli uch nafar qizlari boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. 620-yilga kelib, As’ad ibn Zurora Najjor urugʻining boshligʻi etib tayinlanganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Islomni qabul qilishi Oʻsha paytlarda Madina bir necha qabilalar tomonidan boʻlib olingan edi. Hazraj va Avs qabilalari oʻzaro urush olib boradilarMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼd’s Kitab Al-Tabaqat Al-Kabir Volume I Parts I & II. Delhi: Kitab Bhavan. va yahudiylar hududlariga ham bostirib kirishga urinadilarMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. Yahudiylar tez orada soʻnggi paygʻambar kelishini bilishar va uni intiqlik bilan kutishar edi. Shuningdek, As’ad ibn Zurora ham paygʻambarning kelishiga maʼnan tayyor edi.
620-yilda As’ad ibn Zurora va Dakvon ibn Abd Qays oʻrtasida nizo paydo boʻladi. Oʻsha yoz ziyorat mavsumida ikkalasi ham Utba ibn Robiyaning roziligi bilan Makkaga yoʻl olishadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼd’s Kitab Al-Tabaqat Al-Kabir Volume I Parts I & II. Delhi: Kitab Bhavan.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Utba ibn Robiya ularga paygʻambar Muhammad haqida gapirib beradi. Muhammad oʻsha paytda Qurayshga qarshi harbiy ittifoqchilar qidirayotgan edi. As’ad ibn Zurora paygʻambar bilan ilk marotaba Aqabada besh nafar hazrajlik hamrohlari bilan birga uchratadi. Muhammad uning kimligini bilgach, u bilan suhbatlashishni istaydi, dastlab oʻzini tanitadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press., soʻngra Qur’ondan bir-ikki oyat oʻqib beradiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Shundan soʻng, Muhammadning haqiqatdan ham soʻnggi paygʻambar ekanligiga amin boʻlgan As’ad ibn Zurora va uning hamrohlari paygʻambarga ergashishadi, As’ad birinchi boʻlib musulmonlikni qabul qiladi, uning ketidan besh nafar doʻslari ham ergashadi va musulmonlikni qabul qilishadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 1. Translated by Haq, S. M. (1967). Ibn Saʼd’s Kitab Al-Tabaqat Al-Kabir Volume I Parts I & II. Delhi: Kitab Bhavan.. Ular bir-birlari bilan xayrlashayotib, 1 yildan keyin xuddi shu joyda koʻrishishga kelishadilar.
Ular shaharning birinchi musulmonlari sifatida Madinaga qaytib kelishadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. As’ad ibn Zurora oʻz urugʻining butlarini sindiradi, doʻsti Abul Haysamni islomga chaqiradi. Doʻsti ham ortiqcha qarshiliklarsiz bu dinni qabul qiladi, ular oʻz xalqiga islom dini haqida gapirib berishadi, bu xabar Madinaning har bir uyida Muhammadning nomi tilga olinmagunga qadar tarqalishda davom etadi. Oz muddatda Hazraj va Avs qabilalaridan bir necha kishi islomni qabul qiladi va musulmon boʻladi. Makkadagi vazifa
Birinchi Aqaba bay’ati Oradan bir yil oʻtib, 621-yilning yozida As’ad ibn Zurora xuddi oʻsha joyda Muhammad bilan qayta koʻrishadi. Oʻtgan yilgidan farqli oʻlaroq, As’ad va uning besh nafar hamrohi yonida yana yetmish olti nafar madinaliklar bor edi. Ular Muhammadga bay’at qilishadi va bu voqea tarixga birinchi Aqaba sifatida kiradiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Ikkinchi Aqaba bay’ati Oradan yana bir yil oʻtib, 622-yilning iyun oyida xuddi oʻsha joyda juda koʻp madinaliklar Muhammad bilan uchrashgani kelishadiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press., bu esa tarixga ikkinchi Aqaba bay’ati sifatida kiradi.
Oʻlimi 623-yilning bahorida As’ad ibn Zurora difteriya yoki meningitga oʻxshash kasallikdan aziyat chekadi va tomogʻida qattiq ogʻriq paydo boʻladiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Muhammad paygʻambar As’ad ibn Zuroraning kasalligida uni ziyorat qiladi. As’ad ibn Zurora bir necha kun oʻtib, 623-yilda shavvol oyining boshida kasallikdan vafot etadiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers..
Muhammad paygʻambar As’ad ibn Zuroraning tanasini yuvish marosimida qatnashadi, uni uchta kiyim bilan oʻraydi, tobut olida turgan holda janoza namozini oʻqiydi. As’ad ibn Zurora Baqi' qabristoniga qoʻyilgan ilk ansoriy sahoba boʻlganligi aytiladiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Paygʻambar As’adning oʻlimini ogʻir baxtsizlik deb hisoblaydiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
As’ad ibn Zurora onasi, uch nafar qizi, xolasi va biroz oltin va marvarid taqinchoqlarini Muhammadga omonat qoldiradi. As’ad ibn Zuroraning ayollari Muhammadning xotinlari orasida ularning qaramogʻida yashaydiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Keyinchalik, Muhammad As’ad ibn Zuroraning qizlarini erlariga oʻzi nikohlab beradiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers..
As’ad ibn Zuroradan oʻgʻil qolmagani uchunMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers. Najjor qabilasi Muhammaddan ushbu qabilaga boshliq tayinlashini soʻraydi. Muhammad esa ularga: „Sizlar mening amakilarimsiz va biz birgamiz, shuning uchun men sizning rahbaringiz boʻlaman“, deya javob beradi. Najjorlar ham Muhammadni oʻzlariga yangi boshliq sifatida qabul qilishdan mamnun boʻladilarMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Manbalar
Turkum:623-yilda vafot etganlar Turkum:Sahobalar Turkum:Xazrajiylar