Dubai Investments Park (DIP), shuningdek, Dubai Investment Park 1 (gʻarbda) va Dubai Investment Park 2 (sharqda) Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahridagi biznes-park hududi boʻlib, tijorat, sanoat va turar-joy qurilishlarini oʻz ichiga oladi. DIP 1 dagi Grren Community Village va Green Community East shimoliy hududda va DIP 2 dagi Dunes qishlogʻi shimoli-sharqiy hududda joylashgan. DIP 1995-yilda tashkil etilgan.

Dubai Investments Park 2300 gektar maydonni egallaydi. Hududda 2007-yilda tashkil etilgan Greenfield International School xususiy xalqaro maktabi joylashgan.

Manbalar

Turkum:Dubay geografiyasi Turkum:Dubay iqtisodiyoti