Mir Sayyid Ali Hamadoniy tumani yoki Hamadoniy tumani () // Rosreestr ( — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi maʼmuriy birlik. Tuman markazi Moskva shaharchasiRepublic of Tajikistan, map showing administrative division as of January 1, 2004, „Tojikkoinot“ Cartographic Press, Dushanbe.

Tarixi 1950-yil 15-sentyabrda Tojikiston SSR Koʻlob viloyati tarkibida Chubak tumani nomi bilan Farxor tumani (maʼmuriy markazi Chubak qishlogʻi) parchalanishi natijasida tashkil topganVedomosti Verxovnogo Soveta Tadjikskoy SSR. — 1951. — № 2..

1952-yil 13-dekabrda Chubak qishlogʻi Moskva qishlogʻi, Chubak tumani esa Moskva tumani deb qayta nomlandiVedomosti Verxovnogo Soveta Tadjikskoy SSR. — 1953. — № 2..

1959-yil 4-martda Moskva tumani Shoʻroobod tumani bilan birlashtirib yuborildiVedomosti Verxovnogo Soveta SSSR. № 11 (943), 1959 g..

2004-yil 12-fevralga qadar Moskva tumani deb atalgan. Fors allomasi Mir Sayyid Ali Hamadoniy sharafiga qayta nomlangan.

Aholisi 2016-yil 1-yanvar holatiga aholisi 137 900 kishini tashkil qiladi, shu jumladan shahar aholisi — Moskva shaharchasida 16,7% yoki 22 500 kishi.

Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi Tuman tarkibiga 1 ta shaharcha — Moskva va 7 ta jamoat: Panjroʻd, Dashtigulo, Mehnatobod, Turdiyev, Chubak, Qahramon kiradi. Ular quyidagilarJamoat-level basic indicators , United Nations Development Programme in Tajikistan, accessed 9 October 2020:

Hamadoniy tumani qishloq jamoalariFehristi nomi mahalhoi Toҷikiston. — Dushanbe: Sarredaksiyai ilmii Ensiklopediyai Millii Toҷik, 2013. — s. 93-94 ISBN 978-99947-33-54-5 Jamoat nomi AholisiMoskva, shaharcha 22 500Panjroʻd 13 092Dashtigulo 19 331Mehnatobod 21 816Turdiyev 10 385Chubak 18 490Qahramon 18 294Panjob 10,418

Hamadoniy tumani rahbari Tojikiston prezidenti tomonidan tayinlanadigan Hukumat raisi hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi organi umumxalq saylovi orqali 5 yilga saylanadigan Xalq deputatlari majlisi sanaladi.

Manbalar

Turkum:Xatlon viloyati tumanlari