Husiylar (), boshqacha nomi „Ansorulloh“ () – Yamanda faoliyat yurituvchi shia Zaydiylari (jarudiylar) jamoasining harbiylashtirilgan guruhi. 2004-yilda Yaman hukumatiga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtarib, mamlakat janubidagi ayrim hududlarni asta-sekin nazoratga oldi. Husiylar 2011-yilgi Yaman inqilobida ishtirok etgan, natijada prezident Ali Abdulloh Solih isteʼfoga chiqqan edi.
2015-yilda Yaman poytaxti Sano bosib olinib, Inqilobiy kengash tuzilgan edi. Kengash Yamanda amalda hukmron tashkilotga aylandi. Inqilobiy kengash raisi Muhammad Ali al-Husiy edi. Uning Yaman ustidan hokimiyatining qonuniyligi BMT, AQSh va Fors koʻrfazi davlatlari kengashi tomonidan tan olinmagan.
Husiylar harbiy va moliyaviy yordamni Eron va uning Hizbulloh partiyasidagi ittifoqchilaridan yashirgan deb taxmin qilinadi.
Guruh 2004-yil sentyabrida Yaman armiyasi tomonidan oʻldirilgan Husayn al-Husiy sharafiga nomlanganGusterin P. V. Yemenskaya respublika i eyo goroda. M., 2006, s. 57..
Manbalar
Turkum:Husiylar Turkum:Anti-anarxizm