Fagim Masnaviyevich Axmetgaliyev (1966-yil 30-noyabr, Ufa, Boshqird Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR) – Oltoy oʻlkasi muftiysi, Barnaul shahri masjidi bosh imom-xatibi.
Biografiyasi 1966-yil 30-noyabrda Boshqirdiston poytaxti Ufa shahrida tugʻilgan. 1991-yilda Rossiya islom universitetini tamomlagan. Keyin Madinadagi Islom universitetida tahsil oldi. 2001-yilda Oltoy oʻlkasining poytaxti Barnaul shahriga ishlashga yuborildi.
U Oltoy oʻlkasi hukumati, Oltoy oʻlkasi gubernatorining bir qator mukofotlari ega. 2022-yil 23-mayda Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov tomonidan „Tatar Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi“ medali bilan taqdirlangan.
Diniy faoliyati U oʻzining diniy faoliyatini 90-yillarda boshlagan. 2007-yilda Rossiyaning Osiyo qismi musulmonlari diniy boshqarmasi tarkibida Oltoy oʻlkasi musulmonlari diniy boshqarmasi tashkil etilganda, Fagim Axmetgaliyev ushbu tashkilotga rais etib saylandi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:30-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Ufa shahrida tugʻilganlar Turkum:Rossiya muftiylari