Hozirgi Qozogʻiston hududida boʻlgan Qozoq (Qirg'iz) Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi bilan adashtirib yubormang.

Qirgʻiziston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi (Qirgʻiziston ASSR, Qirgʻiz ASSR) () RSFSR tarkibidagi avtonom respublika boʻlib, 1926—1936-yillarda mavjud boʻlgan.

Poytaxti – Pishpek shahri. 1926-yil 12-mayda SSSR Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi shahar nomini Frunze deb oʻzgartirdi (1925-yil oktyabrda vafot etgan pishpeklik M. V. Frunze xotirasiga).

Tarixi Qirgʻiziston ASSR 1926-yil 1-fevralda Qirgʻiz avtonom viloyati negizida tashkil etilgan.

1934-yil 20-avgustda Butunrossiya Markaziy ijroiya qoʻmitasi prezidiumi respublikaning yangi tumanlarga boʻlinishini tasdiqladi. Postanovlenie VTsIK ot 20.08.1934.

Yangi „Stalinistik“ konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan – 1936-yil 5-dekabrda Qirgʻiziston ASSR Qirgʻiziston SSRga aylantirildi.

1941-yilda SSSR Sovet Qirgʻizistonning 15 yilligiga bagʻishlab bir qator markalar chiqardi.

Adabiyotlar

Trudi pervoy konferensii po izucheniyu proizvoditelnix sil Kirgizskoy ASSR. L.: Izd-vo AN SSSR, 1934.

Manbalar

Turkum:Qirgʻiziston tarixi Turkum:RSFSR avtonom respublikalari Turkum:SSSR